Get Mystery Box with random crypto!

HAYOT SO'QMOQLARIDA Orzular bulog'idan qonib-qonib suv ichdi | Hakim JO'RAYEV

HAYOT SO'QMOQLARIDA

Orzular bulog'idan qonib-qonib suv ichdim.
Ularga yetmoq uchun men oromdan voz kechdim.
Omad ortimdan quvdi, men buni baxtdan bildim.
Shukr, hamroh bo'ldi menga ezgu niyat, amallar.

Qora va oqni farqlash o'rgandim.
Haromdan hazar, halol izlandim.
Buyuk bo'lishimni o'zim bilgandim.
Shukr, hamroh bo'ldi menga ezgu niyat, amallar.

Vatandan yiroqda hayot yo'qligin,
O'tmish-u tarixdan ko'ngil to'qligin,
Fahmladim nodonlarga ishonch yo'qligin.
Shukr, hamroh bo'ldi menga ezgu niyat, amallar.

Temur bobom suygan elni qadrladim.
Chingizxonning yomonligin fahmladim.
Insofsizdan farosatni xo'b izladim.
Shukr, hamroh bo'ldi menga ezgu niyat, amallar.

MAXMUR