Get Mystery Box with random crypto!

KARTADAN NOTO‘G‘RI YECHIB OLINGAN PUL QAYTARILDI Kecha ijtimo | Hakim JO'RAYEV

KARTADAN NOTO‘G‘RI YECHIB OLINGAN PUL QAYTARILDI

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Qaroqchi bankomatlar" sarlavhasi ostida "Ipoteka banki" tizimidagi muammolar haqidagi maqolamga "Ipoteka banki" viloyat filiali mas'ullari tegishli tartibda munosabat bildirishib, muammoni hal etishdi.

Filial bo‘lim boshlig‘i Laziz Bobomurodov menga telefon qilib, muammo kecha 2021 yil, 3 iyul kuni soat 16.00 da hal etilganligi haqida ogohlantirdi. Men darhol bank plastik kartasidagi pulni tekshirib ko‘rdim.

Haqiqatan ham kecha terminal orqali noto‘g‘ri echib olingan 200 000 so‘m pul bank mutasaddilarinig sa'y-harakati bilan plastik kartamga tushirilibdi. Ushbu jarayonda tezkorlik bilan munosabat bildirgan soha mutassaddilariga katta rahmat! O‘ylaymizki, bank plastik kartochkasidagi pulni naqd qilish jarayonida muammoga duch kelgan boshqa yurtdoshlarimizning ham muammolari albatta hal etiladi. Soha mutassaddilari ushbu holatdan xulosa chiqarib, boshqa bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaydi degan umiddamiz!

Humoyun IBRAGIMOV