Get Mystery Box with random crypto!

Esingda bo’lsin gulim Allohdan boshqa hech kim senga vafodor b | We...

Esingda bo’lsin gulim
Allohdan boshqa hech kim senga vafodor bo’lolmaydi, sodiq do’st bo’lolmaydi, sirdosh bo’lolmaydi.
Vaqti keladi eng yaqiningdan pand yeysan, vaqti keladi sirdoshingdan xiyonat ko'rasan, vaqti keladi hatto o'z ota-onang seni tushunmaydi.
Lekin, Robbing doim sen bilan bo’ladi. Sen qanday bo’lma, nima qilgan bo’lma, xoh oshkora gunoh qil xoh pinhona, xoh yengil bo’lsin, xoh og’ir..
Robbing doim gunohlaringni O’z marhamati bilan satrlab qo’yadi.
Robbing shunga qaramay seni sevishda va doim seni kutishda davom etadi.
Robbing, eshigi tagiga qayta-qayta borsang ham haydamaydi “Qulim” deb kutib oladi.
Robbing hech qachon tavba qilgan ayblaringni yuzingga solmaydi.

Esingda bo’lsin gulim
Yoningda ista qondoshing bo’lsin, ista yoring bo’lsin, ista do’sting bo’lsin ularning hech biri

Robbingchalik seni sevmaydi
Robbingchalik seni tushunmaydi
Robbingchalik seni o’ylamaydi