Get Mystery Box with random crypto!

Nega chet tillarini o'rganishim kerak? - So'nggi vaqtlarda ha | Xadyatilloh’s blog

Nega chet tillarini o'rganishim kerak?

- So'nggi vaqtlarda hamma chet tillarini o'rganishga targ'ib qilmoqda, o'rgatmoqda va o'rganmoqda. Kel, bir o'ylab ko'ramiz: o'zi nega chet tillarini o'rganishing kerak? Bismillah, boshladik.

1. Ish beruvchi talabi.
Hozir har qanday korxona/davlat tashkilotida ishlamoqchi bo'lsang, sendan qaysi tilni bilishing haqida so'raydi va seni til bilishing ishga qabul qilinish ehtimolingni oshiradi. Chet tillarini biladigan ishchi hammaga kerak, ishon.

2. Och qolmaysan.
Ha, och qolmaysan, biror chet tilini yaxshi bilsang, katta ehtimol bilan och qolmaysan. Eng kamida o'sha biladigan tilingni boshqalarga o'rgatib, tirikchilik qila olasan. Ya'ni, chet tilini yaxshi bilish, eng kamida o'sha til bo'yicha ustozlik qilish imkoniyatini beradi.

3. Yangi ilmlarni o'rganish imkoniyati.
Sen va bir olam ilm o'rtasida bir devor bor. Bu - chet tillarini bilmasliging. Zamonaviy kasblar, yangi yozilgan kitoblar va video darslik/ma'ruzalar aksari ingliz tilida chiqadi va ular bilan seni o'rtangda o'sha devor turadi. Oddiy misol: Udemy platformasida maqsad qo'yish mavzusida Ingliz tilida 3272ta, Rus tilida 4ta, O'zbek tilida esa 0ta video darsliklar bor.

4. Tarjimonlik qilish imkoniyati.
Til bilsang tarjimonlik ham qila olishingni o'zing bilasan. Kel men senga bir statistika keltiray:
2019-yilni o'zida O'zbekistonga 6.748.500ta sayyoh tashrif buyuribdi. Nima demoqchi ekanligimni tushunding.

5. Sayohat qilganingda qiynalmaysan/aldanmaysan.
Hali ishlaring zo'r bo'lib ketadi, har yili chet davlatlarga sayir qilish imkoniyatinh bo'ladi, dunyo kezasan, inshaAlloh. Ana o'sha kunlarda, aldanib yoki qiynalib yurmasliging uchun ham chet tillarini o'rganishing kerak, hech bo'lmasa Ingliz tilini.

6. Bitta til bilan cheklanib qolma.
Ma'lumot uchun, avval ko'p joylarda korxona/tashkilot hodimlardan Rus tilini bilish talab etilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda esa kamida sendan Rus tili bilan birga Ingliz tilini bilishni ham talab qilinmoqda. Shunday ekan, bitta tilni o'rganib to'xtab qolma.

Mana shunday gaplar, jiyan. Bu postni o'zingga saqlab qo'y va til o'rganish istagida yurgan do'stlaringga yuborib qo'y.

@anvarovsblog