Get Mystery Box with random crypto!

Odat va ibodat orasidagi farq niyyatdadir. Tahonaviy rahmatul | ‌H‌a‌d‌i‌s ‌v‌a ‌H‌a‌y‌o‌t 🌙

Odat va ibodat orasidagi farq niyyatdadir.

Tahonaviy rahmatullohi alayh “Xutubot”larida bir hikoyani keltiradilar. Unda : “Bir ulug‘ zot yangi uy qurgan shogirdining uyiga mehmonga kelib, devordagi yorug‘lik tushib turgan tuynukni ko‘rib, “Bu tuynukni nega qo‘yding” deydilar. Shogird : “Yorug‘lik tushib tursin degan niyatda qo‘ydim” deb javob berdi. Ustoz : “Afsus, mehnat va harajat. Agar “Namoz vaqti kirganini va Azonni eshitish uchun” deb niyat qilganingda, modomiki tuynuk o‘z joyida turar ekan, niyatinga yarasha savobga ham ega bo‘lar eding, yorug‘lik ham tushib turar edi” degan ekanlar”.

@Hadis_sunnat | Ilm izlagan qalblar uchun