Get Mystery Box with random crypto!

Quyosh tutilganda namoz o‘qish.. Abu Bakr roziyallohu anhu ri | ‌H‌a‌d‌i‌s ‌v‌a ‌H‌a‌y‌o‌t 🌙

Quyosh tutilganda namoz o‘qish..

Abu Bakr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida (suhbatlashib o‘tirgan) edik, Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo‘lguncha biz bilan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar (namozni cho‘zib o‘qidilar), so‘ng: “Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmaydi. Qachonki Quyosh yoki Oy tutilganini ko‘rsangiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qib va duo aytib Alloh taologa iltijo qiling!” – dedilar”.

(Imom Buxoriy rivoyati)

@Hadis_sunnat | Ilm izlagan qalblar uchun.