Get Mystery Box with random crypto!

Hackerlikni O'rganamiz🔐

Telegram kanalining logotibi hackerlikniorganamizl — Hackerlikni O'rganamiz🔐 H
Telegram kanalining logotibi hackerlikniorganamizl — Hackerlikni O'rganamiz🔐
Kanal manzili: @hackerlikniorganamizl
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 576
Kanalning ta’rifi

Канал ёпилди барчага рахмат 😊
Каналдаги материаллар дастурлар янгиланишидан сунг ишламаслик эхтимоли бор !

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-08-07 03:51:05
Bizning maqsadimiz faqat foyda keltirish!!!

Foydali postlar ✓
Internet lifehacklar ✓
Texno yangiliklar ✓
Qiziqarli ma'lumotlar ✓

@New_Robots da
1.3K viewsСаидафзалхон | SEREBROO UZ, 00:51
Ochish/sharhlash
2022-01-28 20:23:03 Oramizda windows 11 ishlatadiganlar bor bo'lsa ajoyib yangilik bor!

Windows 11 tizimiga fevral oyida bir nechta muhim yangi xususiyatlar qo‘shiladi!

Ka manbasining yozishicha, fevral oyida Windows 11 tizimining foydalanuvchi versiyasiga bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim yangi funksiyalar qo‘shiladi. Ulardan eng kutilgani Android ilovalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash funksiyasi hisoblanadi.

Microsoft buni Windows 11'ning taqdimoti vaqtida e’lon qilgan edi. Keyinchalik ushbu funksiya uzoq vaqt sinovdan o‘tkazildi. Nihoyat u yangi tizimning foydalanuvchi versiyasida paydo bo‘ladi.

Qizig‘i shundaki, Android uchun Windows sub-tizimi diskret grafiklardan foydalangan holda ilovalarni tezlashtirishni qo‘llab-quvvatlamaydi, shuning uchun ba’zi o‘yinlarda grafika hamda kadr tezligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.

Ushbu funksiyadan foydalanish uchun kompyuter kamida 8GB operativ xotiraga ega bo‘lishi kerak. Kompyuter ekranidagi Android ilovalari smartfondagi kabi ko‘rinadi va unumdorligi jihatidan ular standart Windows ilovalaridan farq qilmaydi.

Keyingi yangilik vazifalar panelidan virtual yoqish/o‘chirish tugmasi o‘rin oladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ovozni yoqish va o‘chirish uchun ushbu tugmadan foydalanish har bir alohida video konferensiya ilovasidagi tugmalardan foydalanishdan qulayroqdir.

Shuningdek, fevral oyida yangilangan Notepad va Media Player ilovalari Windows 11 tizimida paydo bo‘ladi.

@HackerlikniOrganamiz
@Ilovam_Vzlom
1.9K viewsNo Information , 17:23
Ochish/sharhlash
2022-01-28 08:47:17 @HackerlikniOrganamiz
1.8K viewsNo Information , 05:47
Ochish/sharhlash
2022-01-28 08:45:09
Windovs 7 ning ikonkalarini Windovs 11 nikidek Qiladigan Dastur
1.7K viewsNo Information , 05:45
Ochish/sharhlash
2022-01-27 20:52:23
Kompyuterdan biron bir dasturni yoki dasturni faylini o'chirishda duch keladigan muammolardan biriga chek qo'yamiz bugun

dasturni yoki dasturni faylini o'chirsak o'chmasa demak muammo o'sha dasturimiz avtozagruzkada bor, avtozagruzkada turgan dasturni chiqarib tashlasak dasturni ham dasturni faylini ham udalit qilsak bo'ladi

avtozagruzkaga kirib dasturni o'chiramiz
1. win+r
2. msconfig 》Ok
3. Chiqqan bo'limdan 》avtozagruz》 ka bo'limiga kiramiz
4. Avtozagruzkadan keraksiz dasturlarni ptichkasini olib tashlaysiz va «ok» so'ziga bosasiz.

«ok» so'ziga bosgandan keyin kompyuter sizga savol beradi perezagruzka beraymi? deb agar kompyuterdan o'chmayotgan dasturni o'chirmoqchi bo'lsangiz perezagruzka bering va kompyuteringiz yonganida dasturni o'chirib tashlang .

@HackerlikniOrganamiz
1.8K viewsNo Information , 17:52
Ochish/sharhlash
2022-01-27 20:51:04
Kompyuteringizga qaysi o'yin tushish tushmasligini aniqlaymiz

Boshladik

1. shu saytga kirasiz» https://technical.city/ru/what-games-can-i-run »

2. Saytga kirgandan so'ng tepadagi rasmdagiday joy chiqadi u yerdan poisk degan so'zga bosasiz va qaysi o'yin kompyuterizga tushish tushmasligini sinab ko'rish uchun albatta o'yin nomini yozasiz va qidirishga bosasiz

3. o'yin chiqib kelgach o'yinni ustiga bosasiz va tepadagi rasmdagiday joylariga kompyuterizni video kartasi, Protsessori va ram xotirasini kiritasiz va pastroqqa tushsayiz o'yin sizning kompyuteringizga tushish tushmasligi haqida ma'lumot berilgan bo'ladi.

@HackerlikniOrganamiz
1.5K viewsNo Information , 17:51
Ochish/sharhlash
2021-11-20 22:12:31 Telefoningiz kuzatuvdami? Buni aniqlash va kuzatuvdan xalos bo‘lish yo‘llari (infografika)


Barchamizning qo‘limizda mobil telefon bor, ko‘pchiligimiz internetdan foydalanamiz. Bu vositalarda o‘zaro ma’lumotlar almashamiz. Oxirgi vaqtlarda «so‘zlashuvimni boshqalar eshitmayaptimi, telefonim kuzatuvda emasmikin?» — qabilidagi xavotir ko‘pchilikni bezovta qila boshladi. Ayniqsa, «WikiLeaks» tashkilotining internetda e’lon qilayotgan ma’lumotlaridan so‘ng hushyor tortishga majbur bo‘lyapmiz.

Shaxsiy axborot  xavfsizligi — har narsadan ustun

Telefonni nafaqat maxsus xizmat vakillari, balki g‘arazli maqsadni ko‘zlagan xakerlar, jinoyatchilar yoki shunchaki yon-atrofingizdagi tanishlaringiz kuzatishi mumkin. Shaxsiy axborot xavfsizligi — har narsadan ustun. Shu sabab quyida shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlashga ko‘mak beradigan foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Bir nechta qisqa kodlar orqali telefoningiz sozlamalari haqida hamda undagi SMS va boshqa ma’lumotlar himoyalanganmi, sizni biror kishi kuzatmayaptimi, bilib olishingiz mumkin.

*#21#

Smartfoningizda ushbu kodni terish orqali qo‘ng‘iroqlar, SMS va boshqa ma’lumotlar qayta manzillanganmi (pereadresatsiya) aniqlash mumkin. Ekranda qayta manzillash ko‘rinishlari va ma’lumotlar ko‘chiriladigan raqam paydo bo‘ladi. Odatda bunday qayta manzillashni rashkchi umr yo‘ldoshi yoki bolalarni jinoyatchilar va spam-xabarlardan himoyalash maqsadida ota-onalar «sozlab» qo‘yishadi. Ko‘pincha, noma’lum kishiga bir marta qo‘ng‘iroq qilib olishi uchun telefonini berib turgan keksa kishilar bu usul «qurboni»ga aylanadilar. Natijada qariya kuzatuvga olinadi, qayerda yashaydi, yolg‘iz yashaydimi, kun tartibi qanaqa... ko‘p hollarda «qurbon»ning bankdagi hisoblaridan ham xabardor bo‘lib olishadi.

*#62#

Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olishmasa, qo‘ng‘iroq, SMS va boshqa ma’lumotlar qayerga yo‘naltirilyapti — yuqoridagi qisqa kodni terib raqamni aniqlashingiz mumkin. Odatda, mobil operatoringizning ovozli chaqiruvlarni yo‘naltiradigan (ovozli pochta) raqami ulangan bo‘ladi.

##002#

Telefoningizdagi barcha ko‘rinishdagi qayta manzillangan raqamlarni o‘chirish imkonini beradigan universal kod. Bu koddan foydalanish rouming hududida bo‘lganingizda juda qulay — shunda ovozli pochtaga yo‘naltiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun ortiqcha pul to‘lashdan xalos bo‘lasiz.

*#06#

Bu kod yordamida IMEI (International Mobile Equipment Identifier) — xalqaro mobil qurilma identifikatorini aniqlash mumkin. O‘z smartfoningiz identifikatsiya raqamini bilsangiz, telefon o‘g‘irlatib qo‘yilganda, uni topish imkonini beradi. Telefonga boshqa sim-karta o‘rnatilgan taqdirda ham, undan qo‘ng‘iroq amalga oshirilishi hamonoq IMEI avtomat ravishda operatorda «ko‘rinadi». Agar sizning IMEI raqamingiz boshqa birovga ma’lum bo‘lsa, u smartfoningiz haqida bilib oladi: modeli, texnik tavsifi va hok.

Antivirusdan foydalaning

Agar «Android» ishlatsangiz, telefoningizda viruslar bor-yo‘qligini muntazam tekshirib turing. «PlaceRaider» — eng xavfli viruslardan biri. Ushbu troyan telefonga kirib olgach, telefon kamerasi yordamida atrofni rasmga oladi, ish joyi yoki uyingizning 3D-modelini yaratadi, so‘ng internetga ulanishingiz hamonoq, yig‘ilgan ma’lumotlarni smartfoningiz parollariga qo‘shib, o‘z yaratuvchilariga jo‘natadi.

Maxsus xizmat qanday kuzatadi?

Barcha mamlakatlarda xavfsizlik xizmatlari mobil operatorlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Sud qarori asosida istalgan mijozga tegishli kamida 3 oy ichida uzatilgan ma’lumotlarni ularga taqdim qilishi mumkin.

Firibgar va o‘g‘rilardan qanday himoyalanish kerak?

Nisbatan xavfsiz messenjerlar — «Telegram», «Chare», «Wickr» yoki «Signal»dan foydalanish.

Har kim internetga qanday ma’lumotlar joylash o‘zi va oilasi uchun xavfsiz ekanini aniqlashtirib olishi zarur. Telefon raqamingizni hamma bilishi shartmi, oilangiz, yaqinlaringiz va hayot tarzingiz haqida-chi? Shuni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Ayniqsa, farzandlaringiz rasmini internetga joylashtirishda ehtiyotkor bo‘ling.

Telefonga notanish dasturlarni o‘rnatmang
2.6K views ×͜× (𝑁𝑅𝑘𝑖𝑛𝑔 𝑜𝑓𝑓𝑖𝑐𝑖𝑎𝑙) ᴴᴰ, 19:12
Ochish/sharhlash
2021-11-12 15:05:06
Tesla smartfon taqdimotiga tayyorlanmoqda

Mish-mishlarga ko'ra, telefon 4K ekran, 108 megapikselli kamera, Snapdragon 898 SoC va 2 TB flesh-xotira bilan jihozlangan.‌‌

Манба: @texna_uzb
Guruh va doʻstlarga ulashing
:@HackerlikniOrganamiz
2.2K viewsРижол Саидафзалхон , 12:05
Ochish/sharhlash
2021-11-07 07:17:42
Bankka tashrif buyurmasdan Visa, Master card kartalarini qanday ochish mumkin.

(Номахрам аёлга этибор берманг ! Сифатли контент булгани учун жойланди.)
Manba: You Tube

Guruh va doʻstlarga ulashing
:@HackerlikniOrganamiz
2.2K viewsРижол Саидафзалхон , edited  04:17
Ochish/sharhlash
2021-11-07 07:11:50 5 ta foydali Telegram botlari

Telegram botlari individual xizmatlarni to'liq almashtirishi mumkin. Ko'pincha, odatdagi harakatlarni shu tarzda bajarish yanada qulayroq bo'ladi. Biz siz uchun anchadan buyon qidirayotgan foydali botlardan birini yig'dik.

. @SaveYoutubeBot - bu YouTubedan video, audio va hatto butun pleylistlarni yuklab olish uchun kerakli bot.

. @NewRename_Bot - unga yuborilgan fayllarning nomini o'zgartiradi. Buni telefonda qilish kerak bo'lganda qulay.

. @MotherSearchBot - Telegram qidiruv tizimi. Bu sizga kerakli ma'lumotlarni ommaviy kanallarda topishga yordam beradi.

. @SmartVideoConverterBot - bu ko'chma video muharriri. Videolarni hajmini kamaytiradi, o'zgartiradi va hatto kesadi.

. @TorrentHuntBot - bir nechta trekerlar o'rtasida kerakli Torrent tarqatilishini topishga yordam beradi.

Манба:
@texna_uzb

Guruh va doʻstlarga ulashing
:@HackerlikniOrganamiz
2.1K viewsРижол Саидафзалхон , edited  04:11
Ochish/sharhlash