Get Mystery Box with random crypto!

Investitsiyalarni qayerdan izlash kerak? (Davomi) 5. Kraudfan | Micro Бизнес Блог

Investitsiyalarni qayerdan izlash kerak?
(Davomi)

5. Kraudfanding platformalarida. «Ko’prog’ini olishning iloji bo’lmasa, imkon darajasida nimadirga ega bo’lib qolish» – kraudfandingning asosiy tamoyili. Xalq moliyalashtirilishiga ega bo’lish imkoniyatidan mo’jiza kutib bo’lmaydi. Lekin ba’zilar chindan ham kraudfanding saytlari orqali orzularini amalga oshirishning uddasidan chiqadilar. 

6. Investitsiya fondlarida. Bu kishilar yirik baliqlarni xush ko’radilar. Biznesni kengaytirish zarurati tug’ilganda investitsiya fondlaridan foydalansa arziydi. Yangi masshtabga ko’nikishingiz bilanoq, fond esa o’z dividendlarini olgach, sizni ochiq dengizga qo’yib yuborishadi. 

7. Venchur fondlarda. Venchur fondlar yordamini qo’lga kiritish uchun dunyoni o’zgartirishni istash lozim. Misol uchun, agar sizning biznesingiz sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalar bilan bog’liq bo’lsa, venchur fondlar aynan siz uchun. Ma’lum vaqt davomida fond sizdan biznesdagi ulushni talab qiladi, lekin kelishilgan muddat tugagach, siz yangi hamkorga ega bo’lishingiz yoki loyihaning yagona egasiga aylanishingiz mumkin. 

8. Biznes agentlikda. Ha, shunaqalar ham bor! Ish yuritishda hamkorlik qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar bor. Nafaqat tadbirkorlar homiylarni izlashadi, balki investorlar ham istiqbolli loyihalarning bir qismi bo'lish niyatida doimiy izlanishdalar.