Get Mystery Box with random crypto!

Yomg'ir yog'a boshlaganda Rosululloh sollallohu alayhi va sall | Habibim🌿🌸

Yomg'ir yog'a boshlaganda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o'qir edilar:
Allohumma, inniy as-aluka xoyrohaa va xoyro maa fiihaa, va xoyro maa ursilat bih va a'uuzu bika min sharrihaa va sharri maa fiihaa va sharri maa ursilat bih.

Duoning ma'nosi:
Allohim, sendan buning (shamolning) yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning (yomg'irning) yaxshisini so'rayman. Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonidan panoh so'rayman.

Shundan so'ng, agar yomg'ir sokin bo'lsa, ul zot sollallohu alayhi va sallam engil tortib qolar edilar, yomg'ir ostiga chiqib, ko'kraklarini ochardilar. Shu tarzda yomg'ir olib kelayotgan rahmatdan bahramand bo'lardilar. Buning sababi haqida so'ralganda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: Bu yomg'ir hozirgina Robbimning huzuridan (dargohidan) keldi, deb javob berardilar.

Sahihi Muslim.

@habibim_m