Get Mystery Box with random crypto!

Hammamizga bilishimiz kerak bo'lgan savollarga javoblar! 1. Q | Habibim

Hammamizga bilishimiz kerak bo'lgan savollarga javoblar!

1. Qur’onning ma‘nosi nima?
“Qiroat” “O‘qish”
2 Dastlabki tushgan joyi?
Makka,Xiro g‘ori
3. Dastlabki tushgan kuni?
Qodir kuni.
4. U kimning so‘zi?
Allohning
5. Qur’onni keltirgan farishtaning nomi nima?
Jabroil (a.s)
6. Uni birinchi bo‘lib o‘qigan odam kim?
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)
7. Qur’onni har bir harfini to qiyomatga qadar qo‘riqlovchi kim?
Alloh
8. Uni qanday ushlash kerak?
Tahoratli holda.
9. Qur’onda Qu’ronni qanday nomlar bilan zikr etilgan?
Al-Furkaan, Al-Kitob, Al-Zikr, Al-Nur, Al-Xudo.
10. Makkada nechta sura tushgan?
86 ta
11. Madinada nechta sura tushgan?
28 ta
12. Qancha poradan iborat?
30 ta pora.
13. Qancha sura bor?
114 ta
14. Qancha oyat bor?
6 ming 666 ta
15. Qur’onda Allohning nomi nechta marta berilgan?
2 ming 698 marta.
16. Namoz haqida necha marta aytilgan?
700 marta.
17. Muhammad (s.a.v) qanday nom bilan nomlangan?
Sof surasining 6- oyatida Ahmad degan nom bilan nomlangan
18. Payg‘ambarimizning ismi necha marta nomlangan?
Muhammad (s.a.v)- 4 marta, Ahmad Ahmad (s.a.v)-1 marta
19. Eng ko‘p qaysi payg‘ambarning nomi aytilgan?
Payg‘ambar Muso (a.s) ning
20. Qur'on oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan?
Halima onamiz
21. Eng dastlabki va tarixiy masjid qaysi?
Ka’ba!
22. Qaysi payg‘ambarni onasining ismi bilan qo‘shib chaqirilgan?
Payg‘ambar Iso (a.s) Mariyam o‘g‘li
23. Qur’onda alohida eslatilgan kun nomi.
Qiyomat kuni.
24 Eng uzun sura qaysi?
Baqara surasi.
25. Eng qisqa sura qaysi?
Kavsar surasi.
26. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga Jabroil farishta Qur’onni ilk bor keltirgan vaqtda u zotning yoshlari nechada edi?
40 yoshda.
27. Payg‘ambarimiz Makkada necha yil payg‘ambar bo‘lganlar?
13 yil
28. U zot Madinada nechi yil payg‘ambar bo‘lib turdilar?
10 yil
29. Qur’oni Karimnining nozil bo‘lishi?
22 yilu,5 oy, 14 kun.
30. Qaysi sura namozning har bir rakatida o‘qiladi?
Fotixa
31. Alloh Taolo duo o‘rnida o‘qishga lozim ko‘rgan suraning nomi qaysi?
Fotixa
32. Eng birinchi sura?
Fotixa
33. Qur’onda nomi aytilgan yolg‘iz ayol?
Mariyam (a.s)
34. Qaysi surada Bismilloh so‘zi 2 marta aytilgan?
Naml surasida.
35. Qur’onda payg‘ambarlarning nomi bilan nomlangan qancha sura bor?
6 ta Ular: Yunus,Xud,Yusuf,Ibrohim,Nuh,
Muhammad surasi.
36. Qur’onda Allohning qancha nomi aytilgan?
99 ta.
37. Qur’onda boylik haqida nima aytilgan?
Odam imononining sinovi.
38.Qur’onda nomlangan masjidlar nechta?
5 ta. Ular: Masjid ul- Xaram, Masjid ul- Zirar, Masjid ul- Nabavi, Masjid ul-Aksa, Masjid ul- Kuba.
39. Qur’onda nomi aytilgan va 3- avlod payg‘ambarining nomi?
Ibrohim (a.s)
40. Nomi aytilgan farishtalar?
Jabroil, Mikayl,Xarut,Marut.

Jannatlarni sizga ilinaman, aziz dindoshim

#Eslatma
@habibim_m