Get Mystery Box with random crypto!

Tasavvur qiling, Javobingiz muhim! Ertalab bomdod namozi vaqt | Habibim

Tasavvur qiling,
Javobingiz muhim!

Ertalab bomdod namozi vaqti boʻldi. Ammo uyqu namozdan ustun keldi, uyquni davom ettirdingiz.
Kun yorishgan, ish yoki oʻqish vaqtingizga moslab qoʻyganingiz budilnik bor ovozi bilan sizni uygʻotdi.
Azon aytib "Namozga shoshiling! Najotga shoshiling" deganida ochilmagan koʻzingiz, ishga ketadigan vaqtingiz boʻlganini koʻrib katta-katta ochildi.
Shoshilib oʻzingizni darvozadan koʻchaga otayotgandingiz, ostonada Rosulullohga duch keldingiz!
Ular sizga tabassum bilan: "Bomdod oʻqidingizmi?" deb savol berdi.
Qanday javob berasiz?

"Nima deb javob berasiz?" demadim.
Qayta oʻqing: Qanday javob berardingiz?


@Habibim_m