Get Mystery Box with random crypto!

Yig'lamang Yomg'irga qo'shilib yig'lamang endi, Dardlaringiz | SUNNAT VLOGS


Yig'lamang

Yomg'irga qo'shilib yig'lamang endi,
Dardlaringiz ko'ming ko'ngil qa'riga.
Eh,bu singan ko'ngil yana bir sindi,
Qo'lni siltab qo'ying endi bariga.

Yomg'irga qo'shilib yig'lamang endi,
Ko'zingiz yoshiga chidolmasman hech.
Hamma hammasiga yuragim ko'ndi,
Vidolar aytishga bo'lmadimi kech.

Yomg'irga qo'shilib yig'lamang endi,
Dardlaringiz yuvib ketsin yomg'irlar.
Gulni kutgan edim tikanak undi,
Tikanga aylanib ulgurgan gullar.

Faqat siz yig'lamang yorim iltimos,
Bulut ko'z yosh to'ksa to'ksin mayliga.
Mening aybim ojizligimdir xolos.
Ko'nsak ko'nibmizda taqdir zayliga.


Yomg'irga qo'shilib yig'lamang endi...

N.J