Get Mystery Box with random crypto!

IYMONNING BAHOSI Yil og'ir kelib, Basrada bug'doy yaxshi bo' | 🌺UMR SAODATI 🌺

IYMONNING BAHOSI

Yil og'ir kelib, Basrada bug'doy yaxshi bo'lmadi, xalq juda qiynaldi. Bag'dodlik bir savdogar basralik savdogar do'stiga bir kemada bug'doy bilan xat jo'natdi. Xatda «Alloh yo'lidagi aziz birodarim! Basrada bug'doy kam bo'lib, xalqning og'ir kunda qolganidan xabardormiz. Sizga bir kemada bug'doy jo'natdim, shuni ikki tangadan sotib, pulini jo'natarsiz deb umid qilaman. Xarajatlaringizni foyda ichidan oling. Barchamizning ishimizda Janobi haq madadkor bo'lib, O'zi adashishdan saqlab, savdomizga barakot ato etsin! Birodaringiz!» deb yozdi.

Basralik savdogar bug'doylarni juda yaxshi bahoga sotdi va pullarni birodarini xursand qiluvchi maktub bilan birga jo'natdi. Maktubda shunday so'zlar bor edi: «Aziz do'stim! Yuborgan bug'doylaringizni bekamu-ko'st oldim. Ikki hafta kutgandim, bozorda bug'doy narxi juda yaxshi ko'tarilgach, ikki tangadan emas, to'rt tangadan sotdim. Pullarni jo'natdim, ehtirom ila do'stingiz».

Bu maktub va pullarni olgach, bag'dodlik savdogarning kayfiyati buzildi va basralik do'stiga maktub bitdi: «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh! Maktubingizni olib, juda qattiq xafa bo'ldim. Bu bug'doylarni basralik birodarlarimiz turmushini yengillatish uchun yuborgandim. Ikki barobar narxga sotib, meni Alloh oldida katta gunohkor qilib qo'ydingiz. Bu gunohimni qanday qilib yuvaman? Siz yuborgan pullarni qaytarib jo'natyapman, ularni basralik beva-bechoralarga tarqating. Men esa tavba qilish uchun Makkaga ketyapman. Siz nasibamga harom aralashtirib, meni gunohga qoldirib, qattiq og'rintirdingiz. Shu boisdan siz bilan do'stligimiz rishtalari uzildi. Siz ham tavba qiling, shoyad gunohlarimiz mag'firat etilsa...»