Get Mystery Box with random crypto!

G‘uzordagi dalalarda ish qizg‘in pallaga kirdi Biroz avval, G | G'uzor xabarlari

G‘uzordagi dalalarda ish qizg‘in pallaga kirdi

Biroz avval, G‘uzor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalar yuzasidan seminar o‘tkazilgan edi.

Seminarda dala chetlariga tut va tok ko‘chatlarini ekish masalasiga ham alohida to‘xtalib chora-tadbir belgilab olindi.

Ayni kunda havo harorati iliq bo‘lishi bilan G‘uzor tumanidagi fermer xo‘jaliklari dala maydonlari atrofida tut va tok ko‘chatlari ekish uchun 30 ming tup tut ko‘chatlari olib kelindi va ekish ishlari uyushqoqlik bilan yana boshlab yuborildi.

Maʼlumot uchun, shu kunga qadar tumandagi 420 ortiq fermer xo‘jaliklari dala maydonlari atrofiga 250 ming tup tut ko‘chati va 100 ming tup tok ko‘chatlari ekildi.

Kanalga ulanish @guzorxabarlari