Get Mystery Box with random crypto!

Gʻuzordagi jome’ masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qildi Pr | G'UZOR TV | Rasmiy

Gʻuzordagi jome’ masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qildi

Prezidentimizning «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda.

Bugun, 21 aprel kuni erta tongdan tumandagi "Xazrati Mirijanda ota", "Musofir ota", "Batosh ota" va "Yarg‘unchi ota" jome’ masjidlariga bayram ibodatini ado etish uchun minglab kishilar tashrif buyurib, Ramazon hayiti namozi ado etildi.

Hayit namozi o‘qilishidan so‘ng tuman hokimi Bekzod Suyunov yig‘ilganlar va tuman ahlini Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, tuman hokimi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Hayit namoziga yig‘ilganlar duoga qo‘l ochib, yurtga tinchlik, xotirjamlik, hosilimizga baraka, yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik, oilalarga qut-baraka va farovonlik tiladilar.

Quyidagi linkni bosing va G'uzorliklar kanaliga qo'shiling
https://t.me/+U6wkrLGFAtNvN0wK

@GuzorTV | Rasmiy ‌‌