Get Mystery Box with random crypto!

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN G‘UZOR TUMANINING AYRIM MAHAL | G'UZOR TV | Rasmiy

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN G‘UZOR TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!

"Oztransgaz" AJ Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasining 48-03-13/60-618-sonli xatiga asosan "Tugal" gaz taqsimlash stansiyasida texnik ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun soat 09:00 dan 17:00 ga qadar, tumanning "Eskibog‘", "Chaqar", "Gulshan", "Jarariq" va "Yonqishloq" mahallalarida istiqomat qiluvchi 2150 ta aholi xonadonlari hamda yuqoridagi hududlarda joylashgan 4 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Quyidagi linkni bosing va G'uzorliklar kanaliga qo'shiling
https://t.me/+U6wkrLGFAtNvN0wK

@GuzorTV | Rasmiy ‌‌