Get Mystery Box with random crypto!

G'uzor Yangiliklari | 👨‍💻

Telegram kanalining logotibi guzor_yangiliklari — G'uzor Yangiliklari | 👨‍💻 G
Telegram kanalining logotibi guzor_yangiliklari — G'uzor Yangiliklari | 👨‍💻
Kanal manzili: @guzor_yangiliklari
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.57K
Kanalning ta’rifi

G’uzorda boʻlayotgan Yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
Videolar, tanqidiy materiallar va boshqa mavzular boʻyicha:
@Khamrayev_007
Reklama hizmati 👇
@zakaz_guzor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 05:59:14
Gʻuzor tumani hokimi «Adliya katta maslahatchisi» unvoni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan Gʻuzor tumani hokimi, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi Bekzod Olimovich Suyunov «Adliya katta maslahatchisi» darajali unvoni bilan mukofotlandi.

Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
1.3K views ꧁𒀱𝑲 𝑯 𝑨 𝑴 𝑹 𝑨 𝒀 𝑬 𝑽_ 0 0 7𖤓𖤍꧂ , edited  02:59
Ochish/sharhlash
2022-08-31 05:58:21
Gʻuzor tumani hokimi Bekzod Suyunov «Podpolkovnik» bo‘ldi.

Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
1.3K views ꧁𒀱𝑲 𝑯 𝑨 𝑴 𝑹 𝑨 𝒀 𝑬 𝑽_ 0 0 7𖤓𖤍꧂ , edited  02:58
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:35:27 #Diqqat #Eslatma

Malaka toifasi olish uchun tibbiyot xodimlarining ish tajribasi qisqartirildi

Malaka toifasini olishda talab qilinadigan ish staji 2-3 yilga qisqartirildi.

Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:

— nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etib, ularda shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;
— malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilash.

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklar
782 viewsAbror Xudoyorov, 18:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:55:39 #Daxshat
WI-FI rak kasalligini keltirib chiqaradi...

Shifokorlarning fikricha, WI-FI signalining bir marta taʼsir qilishi aslida organizmga unchalik taʼsir qilmaydi – biroq signalning doimiy taʼsiri sog‘liq uchun, ayniqsa, bolalar uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Bolaning rivojlanishiga zararli taʼsir ko‘rsatadi:
Olimlar radiatsiya o‘sayotgan to‘qimalarga taʼsir qilishini isbotladilar va bu nafaqat xomilaga, balki bolalar va o‘smirlarga ham tegishli (o‘sayotgan organizm tufayli ular ko‘proq xavf ostida).

Uyqusizlikni kuchaytiradi:
WI-FI uyquga katta taʼsir ko‘rsatadi.

Saratonni keltirib chiqaradi:
Radiatsiya inson salomatligi bilan bog‘liq bir qator muammolarni, jumladan, saratonni keltirib chiqarishi mumkin.

Wifichi do'stlarimizga yuboramiz

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
784 viewsAbror Xudoyorov, 14:55
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:17:28 Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар кетма-кет 4 кун дам олишади

Яқинлашаётган давлат мустақиллиги байрами муносабати билан ўзбекистонликлар кетма-кет 4 кун дам олади.

Бунда:

1 сентябрь
— Мустақиллик байрами;

2 сентябрь — жума, иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;

3 сентябрь — шанба, олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун Фармонга асосан қўшимча дам олиш куни;

4 сентябрь — якшанба, барча учун одатдаги дам олиш куни.

5 сентябрь барча учун иш куни. Мактаб, лицей, коллеж ва техникумлар ўқувчилари, шунингдек ОТМ талабалари учун ҳам 5 сентябр — душанбадан дарслар бошланишини айтгандик.

Эртага, 31 август - чоршанба куни барча учун иш куни бўлади.


@xushnudbek
285 viewsAbror Xudoyorov, 10:17
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:38:45
Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan tashlab beriladi

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022-yil 1-sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5-sentyabridan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
742 viewsAbror Xudoyorov, 07:38
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:44:28 Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Joriy yilgi test sinovlari natijalari eʼlon qilingach, turli qiziqarli statistikalarni tahlil qilish imkoni paydo bo‘ldi.

Jumladan, joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda ko‘proqni tashkil etgan. Yaʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar bo‘lgan.

Bundan tashqari qizlarimiz to‘plagan o‘rtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Qizlar o‘rtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning o‘rtacha bali yigitlarnikidan balandroq bo‘lgan. Yaʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega.

Eʼtiborli tomoni birorta hududda yigitlar o‘rtacha 70 ball to‘play olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar o‘rtacha 70 balldan oshira olgan.

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
549 viewsAbror Xudoyorov, 05:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:16:01
Chevrolet Tracker avtomobilining narxlari:

- Boshlang‘ich komplektatsiya: 179 000 000 so‘m;
- LS komplektatsiya: 209 000 000 so‘m;
- LTZ komplektatsiya: 229 000 000 so‘m;
- Premiyer komplektatsiya: 249 000 000 so‘m

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
575 viewsAbror Xudoyorov, 04:16
Ochish/sharhlash
2022-08-29 21:26:31
O‘zbekistonda yaxshi yashash uchun qancha mablag‘ kerak?

Dunyoning eng yirik onlayn maʼlumotlar bazasidan biri – Numbeo O‘zbekistonda qancha mablag‘ evaziga farovon yashash mumkinligini maʼlum qildi.

Taxminiy hisoblarga ko‘ra, respublikada 4 kishi bo‘lib yashaydigan oila yaxshi yashashi uchun ijara to‘lamasdan oyiga 1 431 dollar (15,6 mln so‘m) topishi kerak.

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
683 viewsAbror Xudoyorov, 18:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:16:13 Toʻlov-shartnomalarni elektron shaklda yuklab olish mumkin

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Buning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi. Kontrakt narxlari.

@alisher_sadullaev

(G‘uzorliklar )
Telegram sahifamiz
@guzor_yangiliklari
810 viewsAbror Xudoyorov, 06:16
Ochish/sharhlash