Get Mystery Box with random crypto!

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI Mamlakatimizd | Gurlan tuman hokimligi II Rasmiy kanali II

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabati bilan bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tuman hokimligi majlislar zaliga taklif etildi.

Bayram tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi M.Achilov hamda sektor rahbarlari tumanda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan mehnatkashlarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etilib, bir guruh eldoshlarimizga “Ilg‘or fermer”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati