Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumani bozori s | Gurlan tuman hokimligi II Rasmiy kanali II

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumani bozori sharmandali ahvoldami?” mazmunidagi videomurojaat tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida videomurojaatdagi holat bozor hududi emasligi, “Kinovideo” MCHJ hududi va Mustaqillik ko’chasidagi yo’l bo’yidan oqib o’tuvchi ariq ekanligi aniqlandi.

Gurlan tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Kinovideo” MCHJ hududida ijara shartnoma asosida faoliyat ko’rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, to’plangan suyuqlik va qattiq chiqindilarni belgilangan chiqindi tashlash konteynerlariga tashlash bo’yicha tavsiya-topshiriq xatlari berildi.

P.S: Shu o’rinda fuqarolarmizga atrof-muhitning tozaligi va ozodaligiga har birimiz mas’ul ekanlimizni yana bir bor eslatib o’tamiz.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

Gurlan.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube