Get Mystery Box with random crypto!

Yil sarhisobi - 2022 ⁃ 5-yanvar kunidan o’z telegram kanalim | Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

Yil sarhisobi - 2022

⁃ 5-yanvar kunidan o’z telegram kanalim faoliyatini boshladik)

⁃ Mart oyida First International Investment Forumda volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etdik.(Prezidentimiz tashrif buyurdilar)

⁃ 29-mart kuni Senat raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyevdan rektor stipendiyasi guvohnomalarini qabul qilib oldik.

⁃ “Xalqaro pul haftaligi” (Global Money Week 2022) doirasida “Noiqtisodiy ta’lim yo'nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida volontyor-trener sifatida ishtirok etib 4 ta OTMlarda treyning tashkil etdik va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining sertifikati bilan taqdirlanadik.

⁃ 2-kursni a’lo baholarga tamomladim.(Beshlik stipendiya olishni boshladim))

⁃ Iyun oyida Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan IBRAT tillar oromgohida ishtirok etdik va sertifikat bilan taqdirlandik.

⁃ Yoshlar ishlar Agentligi huzuridagi Yosh Maslahatchilar Kengashining Toshkent shahar vakili etib tayinlandim.

7th Summer Conference CESS da volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etdik.

⁃ 30-iyun Yoshlar kunida Prezident ishtirokidagi davlat tadbirida VIP mehmon sifatida ishtirok etdik.

⁃ Turkiyaning Antaliya sharida bo‘lib o‘tgan YOUTH PEACE FORUM-2022da O’zbekiston delegati sifatida to‘liq grant asosida ishtirok etdim, “Women in Uzbek Diplomacy” mavzusida nutq so’zlab sertifikat bilan taqdirlandim.

⁃ Avgust oyida  Turizmni rivojlantirish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar Turizmi Qurultoyida Toshkent shahar vakili sifatida ishtirok etdik.

⁃ Xalqaro ICYF (Islamic Cooperation Youth Forum) tomonidan tashkil etilgan va Turkiyada bo’lib o’tgan The International Young Volunteers Camp da O‘zbekiston delegati sifatida ishtirok etish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant yutdim, ammo bora olmadim.

⁃ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Poytaxt Sardorlari Forumi-2022” ning Tengdoshga tengosh loyihasida ishtirok etdik.

Yosh Menejer 4-mavsumda ishtirok etish baxtiga erishdik va muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlandik.

⁃ Noyabr oyida Hindistonning Dehli, Mumbay va Agra shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Birinchi Hindiston-Markaziy Osiyo Yoshlari Forumi” da to‘liq grant asosida ishtirok etdik.

⁃ 9-noyabr kuni Prezidentimiz ishtirokidagi Olimpiya Shaharchasiga tamal toshi qo’yish marosimida ishtirok etdik.

⁃ UNESCO ning Butunjahon Konferensiyasida volontyor-tarjimon sifatida faoliyat yuritdik. (Prezidentimiz tashrif buyurdilar)

⁃ AQSH tomonidan moliyalashtiriluvchi Global UGRAD dasturiga alternate finalist sifatida tanlab olindim.

⁃ Zulfiya nomidagi davlat mukofotining FAN yo’nalishida tuman va shahar bosqichlarida 1-o’rinni egallab Respublikaga yo’llanma oldim.

⁃ 10 dan ortiq ko’rsatuvlarda intervyu berdim.

⁃ 5 ta maqolamni xalqaro jurnallarda chop ettirdim.

⁃ Orzuyim bo’lgan Toj Mahal, Bollywood, Ayo Safiya, Galata Tower kabi mashhur joylarga tashrif buyurdim))

⁃ Eng muhim tanlov va qarorni ham aynan shu yilda qabul qildim)

Kelayotgan yil barchamizda bundan ham omadli, manfaatli va barokatli yil bo’lishini tilab qolaman!

@Gulrukhbonu_official