Get Mystery Box with random crypto!

+1 Joriy yilning 14-16- noyabr kunlari yurtimizda bo’lib o’ | Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

+1

Joriy yilning 14-16- noyabr kunlari yurtimizda bo’lib o’tgan Butunjahon Konferensiyasida volontyor bo’lib ishtirok etgan edik.

Ushbu konferensiya orqali dunyoga mashhur LEGO kompaniyasining Vice-Presidenti bilan tanishdim va 3 kun tarjimon-volontyorlik vazifasini bajardim. Volontyorlik orqali juda ko’p narsalarni o’rganish mumkin, nafaqat ‘native speakerlar’ bilan muloqot, balki kutilmagan vaziyatlarda o’zini qanday tutish va unday holatlardan qanday qilib chiqishni ham o’rgandik.

Mening mehmonim soat tunggi 01:55 da aeroportga qo’nishi kerak edi, ammo ‘bagaj’ bilan muammo bo’lgani uchun soat 03:30 gacha aeroportda qolib ketdik, mehmonni mehmonxonaga joylashtirdim ammo, ertalab 08:00 da konferensiyaga yetib kelishim shart edi va men o’sha kuni deyarli uhlamadim) Mehmonim bagajini 3 kun aeroportdan qidirib, oxiri topdik. Xullas, sarguzashtlarga boy 3 kunimni Mr. Bo Thomsen bilan o’tkazdim.

P.s. Konferensiyaga Prezident tashrifi volontyorlarni yanada quvontirdi)

@Gulrukhbonu_official