Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi boshqacha Ulg’ayamiz, ulg’aymoqdamiz! Kechagina 1-sin | Gulomoff | Shaxsiy blog

Hammasi boshqacha

Ulg’ayamiz, ulg’aymoqdamiz! Kechagina 1-sinfga qadam qo’ygandim, bugun esa universitet talabasiman. Vaqt shunchalik tez o’tyaptiki, hatto bu tezlikni payqamay ham qolyapmiz.

Maktab davrlarida boshqacha bo’lar edi. Yosh bo’lar edik, hali ko’p narsalarni anglab yetmagandik. Beg’ubor edik. Do’stlar bilan o’yin-kulgi va o’rni kelganda arzimagan narsalarga urush-janjal. Eng ahamiyatlisi, besh daqiqa oldin bahslashib nizoga kirgan do’sting bilan yana hech narsa bo’lmaganday kelishib ketishing.

Yana ulg’aydik, endi abituryentlarmiz. Bu davrlarni eslab o’tmaslikning iloji yo’q. Dunyoga boshqacha ko’z bilan nazar tashlay boshladik, yoshlikda hali unchalik tushunmagan tushunchalarni tushunib oldik. Do’stlar ham orttirdik. Bu davrda kim nimani his qilgan bilmadim-u, lekin men uchun eng muhim, qiziqarli, unitilmas voqealar shu davrda yuz bergan.

Ko’zimizni bir yumib ochsak, talaba ham bo’libmiz. Universitet talabasi bo’lish baxtiga sazovor bo’ldik. Endi yana hammasi boshqacha, boshqacha atmosfera, yangi tanishlar, yangi hayot. Hammasi o’zgardi. Talaba bo’lib yana ham dunyoqarashimiz kengaydi. Kursdoshlar bilan quvonchli damlarni boshimizdan o’tkazdik. Va yana hali shodiyona kunlar oldinda. Lekin meni ishonchim komilki, talaba bo’lishni jon-jahdi bilan xohlaganlar, talaba bo’lgandan keyin, abituryentlik davrini sog’inishgan.

Bu holat menda ham kuzatildi va yana bir bor abituryentlikni xis qilgim keldi. Hamma narsa qilib ko’rdim: o’sha oldingi do’stlar bilan kvartirada turib ko’rdim va muhitni his qilgim keldi. Lekin, ishonasizmi, hammasi o’zgaribdi. O’sha oldingi muhitni his qila olmadim.

Xullas, bu postdan ikkita xulosa chiqarsa bo’ladi: birinchisi vaqtning juda tez o’tishi va uni qadriga yetish kerakligi, ikkinchisi o’tgan onlarni xohlasangiz ham ortga qaytara olmasligingiz (bu ham, albatta, vaqt qadriga borib taqaladi).

@gulomoff_blog