Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi eng qiziq va esda qoluvchi bolalik menda bo'lgan bo' | Gulim blog

Dunyodagi eng qiziq va esda qoluvchi bolalik menda bo'lgan bo'sa kerak. Shunday voqeadan bir parchasini aytib bermoqchiman.

Ro'za Hayit ayyomi. Yoshim 5-6 yoshlar atrofida edi adashmasam (balki bundan ham kichik). Bilamiz, Ro'zada hamma qizlar xna qo'yishadi va menga ham qo'yishdi. Aniqrog'i 4-chi holamdan (qo'rqmang holalarim atiga 5 ta) o'zim so'rab olgandim.

O'sha paytdagi xnalarni nuqta-nuqta qilib chizishar edi. Menga ham shunday dizayn chizib qo'yishdi (axir boshqa variant ham yo'q edi-da). Bu pro'tses kechki ovqatdan so'ng amalga oshirilgani uchun xna bejalib ketmasin deb selofan paketchalarni kiydirib, pulni rezinkasi bilan mustahkamlab qo'ydilar. So'ng hammamiz xna qo'llarni osmonga qaratib uxladik.

Eng qiziq joyi endi keldi....
Ertalab xnamni ochib qarasam qo'llarim kampirlarnikiday bujmayib ketgan ekan. Men ko'rib „Qarib qoldim“ deb rossa yig'lagan ekanman. Kechagidek esimda o'sha payt: qo'llarim rostan ham qamarib ketganga o'xshar edi.

Biroz vaqt yig'i-sig'idan keyin qo'llarim o'z holiga qaytkanidan so'ng "konsert" tugagan.