Get Mystery Box with random crypto!

Gullayotgan yurak

Telegram kanalining logotibi gullayotganyurak — Gullayotgan yurak G
Telegram kanalining logotibi gullayotganyurak — Gullayotgan yurak
Kanal manzili: @gullayotganyurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 683
Kanalning ta’rifi

Author: IRODA XOLBEKOVA
- Booklover
- Translator
- IELTS 7.0 holder
🏛Ambitious student of New Uzbekistan University
👩‍🎓Software Engineering 2/4
Shaxsiy blog: @irodasuniverse
Study blog: @Irodakhans_blog
Translation blog: @mytranslationdiary

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-06 16:13:29
#shunchaki_mitti_hikoya

UYGA VAZIFA

"Har kuni darslarimni qilib bersang, seni “sevganim” deb chaqiraman", - deganding dab-durustdan. Yoʻq, desam ham baribir “seni sevib qoldim”, - deya injiqlik qilib turaverding. Hozir meni yana bir marta shunday deb chaqirishing uchun butun umrlik uyga vazifalaringni tayyorlab bersam ham endi befoyda. Baxtli boʻl!

Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
660 viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:45:31 ​​Beshinchi sinf edim. Sinfimizdagi qizlar bilan maktabda Zulfiya tavalludiga bag'ishlangan tadbirga tayyorgarlik ko'rayotgandik. Bahr-u bayt shartida qatnashish uchun o'qituvchimiz shoiraning she'rlaridan ko'proq yodlashni menga topshirdi.

Uyga kelishim bilan tushlik ham qilmay "aya, kitob topib bermasangiz bo'lmaydi", deb xarhasha qilganim esimda. U paytlar hali ko'p kitob o'qimasdim. Ko'chamizdagi hamma qo'shnilardan sizda Zulfiyaning kitobi bormi, berib turing, deb so'rab chiqqanman.

Ustozimiz Dilafruz Hamdamova har hafta kitobxonlik musobaqasi o'tkaza boshlagach, (qo'shnilarimizdan kitob so'rayverish jonga tekkani uchun) bozorga borib kitob olish bora-bora odatga aylandi. Har shanba kuni doim qo'limda bitta faxriy yorliq ko'tarib qaytardim.

Zulfiya tavalludi yaqinlashgani uchun ham shoiraning she'riy to'plamlaridan birorta she'r yodlab kelish vazifa qilib berilgandi. Darsim ko'pligi uchun o'sha safar ayam bilan kitob olgani bozorga bormadim.

Ayam: - Qizim, uyda usta ishlayapti, ko'rayapsan. Ko'rpachalarni tikkani material olishim kerak, kitobingni o'qimasang, o'lib qoladigan darajada zarilmi?
Men: - Ko'rpachangizni keyinroq ham tikib olaverasiz, menga hozir kitob kerak.

Haligacha esimdan chiqmaydi: ayam ko'rpa tikkani ip olmay, menga kitob olib kelgan .

Ayajon, tug'ilgan kuningiz bilan chin qalbdan tabriklayman. Yana ellik ikki marta tug'ilgan kuningizni birga nishonlash nasib etsin.


@gullayotganyurak
604 views03:45
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:24:09
- Yana kechagidek kaaattta kitob do'koniga borib, ko'o'o'p pulga kitob sotib olgim kelyapdi .
- Kecha rosa ko'p kitob oluvmiding?
- Yo'g'eee, kechayam kitob do'koniga borgim kelgandida .

@gullayotganyurak
558 views17:24
Ochish/sharhlash
2022-08-04 08:47:26 ​​Namanganda tungi klubda qo'lga olingan hali o'n sakkiz yoshga yetmagan qizlarga Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar'' asari sovg'a qilindi.

2021-yilda edi, adashmasam, Alisher Navoiy haykali oldida: "Aliiiish, qaydasan, крыса", - deya baqirib video olgan yigitga esa Oybekning "Navoiy'' romani berilgandi.

Yaxshi gap bilan xatolarini tushuntirib, asar qahramonlaridan o'rnak olsin, deya kitob sovg'a qilish - ijobiy holat, ammo yuqoridagi kabi "sho'x" yoshlar bu kitoblarni rostdan ham o'qirmikan?

Balki chindan ham aqli kirib, saviyali kitobxon bo'lishsa, ajab emas.

P/s - O'yinqaroq tengdoshlaringga kitob sovg'a qilishyapti, sen esa quruq qolding, bechoraginam.

Jizzaxliklar, "Prim" restoranining дискотекаsiga birga borib kelmaymizmi, bizgayam kitob sovg'a qilishardi .

O'qimoqchi bo'lib yurgan kitobimni bersangiz, esli qiz bo'lib yuraman, desam berisharmikan-a?

@gullayotganyurak
783 viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-03 08:47:15 ​​Bolaligida maqtov eshitish uchun kitob o'qiganlar bormi oramizda?

@gullayotganyurak
865 views05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-02 09:21:33 ​​Toshkent shahridagi "Book Uz" kitob do'koni. Adashmasam har bitta kitobsevar inson shunday shinamgina xonasi bo'lishini xohlasa kerak.

Atrof kitoblarga liq to'la xonada mutolaa, tarjima qilish va yana nimalarnidir qoralab qo'yish yoki Motsart, Shopen kuylarini tinglagancha kitoblarni taxlash eng sevimli ishim. Lekin hali bularning birontasini ham qilmaganman...

Pushkinni bolaligida enagasi Arina Rodionovna kutubxonadan kitoblarni bag'riga bosgancha uxlab qolgan holda topib olgan. Pushkinga haligacha havasim keladi.

@gullayotganyurak
922 views06:21
Ochish/sharhlash
2022-08-01 19:24:01 Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam bilinib turmas ularga
Sen ich-ichimdan yaxshi ko'rishim.

Yomon sharoitda unmaydi urug',
Bu gap o'simliklar ilmiga oid.
Men sening haqingda o'ylashim uchun
Faqat ich-ichimda bordir sharoit.

Betob edim,
Bir zum ko'zimga boqib,
Shifokor tekshirdi yurak urishim.
Ich-ichimni yorib bilmadi jarroh,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko'rishim.

Hali manzilingni aytmading durust,
Aytmadim o'zimning qayda turishim.
Ishqilib Xudoga ayon bo'lsinda
Seni ich-ichimdan yaxshi ko'rishim...

Bobur Elmurod
Mohichehra Saidakbarova

@gullayotganyurak
600 viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2022-08-01 07:51:31 ​​Bilaman bu imkonsiz. Shunchaki savol: Siz qaysi davrda va qayerda tug'ilishni istagan bo'lardingiz?

@gullayotganyurak
550 views04:51
Ochish/sharhlash
2022-07-31 07:58:29 ​​Har doim kechagidan ko'proq narsa o'rganishga harakat qilaman, ammo bajara olmayman. Ko'p kitob o'qiganimdanmi, ko'zlarim toliqqan.

Shu payti motivatsion videolardagi "never give up, you have to make your dreams come true" deb baqirayotgan speakerlarning og'ziga shapaloq tortib yuborgim keladi.

Ayam judayam ajoyib shifokor. Ko'zim og'riyapti degandim, bir dunyo maslahat berdilar:

Ko'zga kartoshkani yuqaroq va dumaloq qilib kesib qo'yish.
Limon kesib qo'ysa ham bo'ladi
Sovigan ko'k choy bilan ko'zni chayish.
Bodringni kesib qo'yish.

To'rttala usul ham ko'zlarga dam beradi. Ko'zlar charchagan payti ularga g'amxo'rlik qilishni unutmang .

@gullayotganyurak
598 viewsedited  04:58
Ochish/sharhlash
2022-07-29 19:51:14 ​​Eng og'ir jang yurak va aql o'rtasidagi jangdir. Qaysi biri g'olib kelmasin, qurbon o'zingsan...

@gullayotganyurak
622 views16:51
Ochish/sharhlash