Get Mystery Box with random crypto!

​​Inson nimaga motivatsiyaga muhtoj bo'ladi? Ham aqlan, ham | Gullayotgan yurak

​​Inson nimaga motivatsiyaga muhtoj bo'ladi?

Ham aqlan, ham jismonan charchagan, dars qilishga holim qolmagan paytda ingliz tilida motivatsion videolar ko'rib o'tirardim.

"You are one of the best", "You are the chosen one", "You can do it, never give up", degan gaplarni eshitib, dux uyimizni patalogidan ham baland bo'lib ketardi. Afsus, bu sun'iy energiya atigi ikki soatgina ta'sir qilardi, xolos.

Motivation videolarni qachon ko'raman:
toliqqanimda
xafa bo'lganimda
qilayotgan ishimdan ko'nglim to'lmaganida

Mana shunaqa vaqtlarda vazifalarimni o'zim mustaqil bajara olmayman, kimdir kelib unda qil, bunday qil deb aql o'rgatib ketishi shart.

Demak, odam qachonki irodasiz bo'lsa, motivatsiyaga ehtiyoj sezadi. O'zingizda xohish bo'lmasa, Aristotel va Stiv Jobs kelib, лекция o'qisa ham baribir foydasi yo'q.

Xo'sh, motivatsiya foyda bermasligi aniq, endi nima qilish kerak.

Hamma narsa: telefonni, darsni, ishni, muammolarni bir chetga yig'ishtirib, shunchaki tanaffus qilish eng yaxshi variant.

Ancha payt suv ichmay yurgandan keyin o'ladigan darajada suvsaymiz. O'z ustida ishlash va bilim olish ham shunaqa.

@gullayotganyurak