Get Mystery Box with random crypto!

​​Hamma narsadan zerikish mumkin: uxlash, ovqatlanish, darslar | Gullayotgan yurak

​​Hamma narsadan zerikish mumkin: uxlash, ovqatlanish, darslar, uy ishlari va hattoki kitobdan ham. Doim kitob o'qishga ishtiyoqning topilishi mutlaqo imkonsiz.

Endi buyog'i nima bo'larkin, nima qilarkanman deb qattiq havotirlangan ko'ngilga kitob ham sig'may qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan, telefondan to'liq bir kunga tanaffus qilay, desam iloji yo'q, yangiliklardan bexabar qolib ketaman. Ammo kitoblar mendan, men esa badiiy kitoblardan dam olmoqdamiz.

"Qachondir qaytish uchun bugun ketish kerak..."

Yuqoridagi jumlalarni qayerda va qachondan beri miyamga o'rnashib qolganini eslolmadim. Muallifi kimligini esa umuman bilmayman.

To'lqinlar ham bir tingandan so'ng yana shiddat bilan harakatlanadi, kitobxon ham shunday.

Shunchaki miyaga dam berib, tinchlanish kerak, xolos.

@gullayotganyurak