Get Mystery Box with random crypto!

Ish beruvchilar va xodimlarga eslatma! Bugundan boshlab barch | Guliston Xabarlari 🇺🇿

Ish beruvchilar va xodimlarga eslatma!

Bugundan boshlab barcha xodimlar 4 kun dam oladi. Ayrim ish beruvchilar bunday kunlarda ham xodimlarini ishlatishga harakat qilishadi.

Shunday paytda ish beruvchi va xodimlar bilib qo‘yishi kerak bo‘lgan tartib-qoidalar bor.

Mehnat kodeksining 130-moddasiga ko‘ra:

dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi.

Alohida hollardagina jamoa shartnomasida (agar u tuzilmagan bo‘lsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib) belgilangan asoslar bo‘yicha, buyruq (farmoyish) asosida dam olish kunlarida ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.

Grafik-navbatchilik shaklida ishlaydiganlarda tartib sal boshqacharoq.

Kodeksning 157-moddasiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun:

kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi;
yoki xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) beriladi.

Bayram kunidagi ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Quyidagilarning roziligisiz dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish mumkin emas:
— homilador ayollar;
— 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
— 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollar.


https://t.me/+wHfcDq2lbn5kYzI8