Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadrli gulistonliklar! Aziz vatandoshlar! Si | GULISTON BUGUN | RASMIY

Assalomu alaykum qadrli gulistonliklar! Aziz vatandoshlar!

Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi ayyomi bilan Guliston shahar hokimligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ezgu ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin!

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy boʻlsin!

Toʻlqinjon Dadabayev,
Guliston shahar hokimi

@GulistanUz