Get Mystery Box with random crypto!

#AmirTemur687 “Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to | Guldu yoshlari | yoshlar ittifoqi

#AmirTemur687

“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin!”


Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq - Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.

Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji, anʼanalarini qayta tiklash uchun oʻzining ulkan hissasini qoʻshadi.

Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.

https://t.me/gulduyoshlari_yi