Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat_tanlov Yoshlarni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik | Guldu yoshlari | yoshlar ittifoqi

#Diqqat_tanlov

Yoshlarni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash, yangi iste'dodlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan "YOSH IQTIDORLAR 2023" tanlovini e'lon qilamiz.

Ushbu tanlov san'atning musiqa, rassomchilik, xoreografiya turlari bo'yicha Respublika miqyosida ixtisoslashtirilgan san'at maktablari, BMSM, O'rta maxsus bilim yurtlari o'quvchilari, oliy o'quv yurtlari talabalari va erkin ijodkor yoshlar o'rtasida masofaviy (onlayn) o'tkaziladi.

Tanlovga ishtirok etish uchun yosh toifasi: 7-12 yosh, 13-18 yosh, 19-25 yosh.

Tanlovga ishtirok etishdan oldin batafsil TANLOV NIZOMI bilan tanishib chiqing.

Tanlovga ishtirok etish uchun arizalar nizomda keltirilgan anketa asosida va tartib-qoidalarga muvofiq holda topshirilishi lozim. Arizalar 1-apreldan 20-aprelga qadar qabul qilinadi.

G'oliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Murojaat uchun telefon raqam va manzil nizomda berilgan.
https://t.me/gulduyoshlari_yi