Get Mystery Box with random crypto!

#ITPark #Startup Sirdaryo viloyatida ayollarni o‘qitish va u | Маркетинг

#ITPark #Startup

Sirdaryo viloyatida ayollarni o‘qitish va ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyiha – InnoWoman ishga tushirilmoqda.

Loyiha 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan kompyuter koʻnikmalarini egallashni orzu qiladigan qizlar va ayollar uchun mo'ljallangan IT-kurslarni tashkil qiladi. Dastur 1000 nafar talaba qizlarni kommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida taklif etilayotgan kurslarda oʻqitish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

InnoWoman loyihasi 6 oy davom etadi. Dastur doirasida qizlar va ayollar quyidagi yo‘nalishlarda oʻqiydilar:
Kompyuter savodxonligi (1 oy)
Veb-dasturlash va loyihalarni boshqarish (5 oy)

Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalarni 10-sentabrgacha quyidagi havola orqali yuborish mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/1NzkGzzpVuLcqgv-zKXNFV5eZ4atPliCdrGTeGssQDRM/edit.

Batafsil:
https://bit.ly/3C91VMu