Get Mystery Box with random crypto!

Grow'n'Roll

Telegram kanalining logotibi grownroll — Grow'n'Roll G
Telegram kanalining logotibi grownroll — Grow'n'Roll
Kanal manzili: @grownroll
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519
Kanalning ta’rifi

Bu yerda negativ yo’q. Pozitiv fikrlash va doim o’zini rivojlantirish xohishidagilarni bir yerda jamlagan kanal. Har kuni bitta post.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-02 05:51:43 Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
232 views02:51
Ochish/sharhlash
2022-04-23 23:14:31 Bizdagi asosiy muammo, vaqtimiz ko'p deya o'ylashimizdir. Hayotimizni xuddiki boqiy yashaydigandek o'tkazamiz. Bu gapdan keyin, yo'q men vaqt qadrini bilaman, vaqtni behuda sarflamayman deya reaksiya bildirishingiz mumkin. Lekin ongosti esa odatdagiday ishlashda davom etadi. Chunki sizning hozirgi fikringiz reaksiyaga asoslangan bo'lsa, ongosti odatga asoslanadi. Hayotingizni esa odatlar o'zgartiradi. O'ylab ko'ring.

@grownroll
332 views20:14
Ochish/sharhlash
2022-04-17 20:13:35 Har qanday loyihani rivojlantirsa bo'ladi. Buning uchun 2 ta narsa yetarli:
Yaxshi jamoa va yaxshi marketing

Bunda pul 2-darajali masala, chunki pul bo'lsa ham yaxshi marketing bo'lmasa, natija 0 ga teng. Yaxshi marketing bo'lsa ham yaxshi jamoa bo'lmasa natija yana 0 ga teng. Chunki marketing orqali olib kelingan auditoriya yaxshi jamoa boshqara olmasa, bu auditoriyadan tez orada mahrum bo'lasiz. Yaxshi pul bilan esa, doim ham yaxshi marketing olib borib bo'lmaydi. O'ylab ko'ring.

@grownroll
385 viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2022-04-13 10:09:35 Noyob kombinatsiya

Eng zo’r odamlar bular — zo’r xarakter + zo’r qobiliyat egalari.

Zo’r xarakter — to’g’riso’zlik, shaffoflik va qilayotgan ishiga befarq bo’lmaslik.

Zo’r qobiliyat — Ishini tushunish va uni yaxshi bajara olish. Doim o’rganishga intilish.

Ikkalovidan biri bo’lmasa bu odam tashkilot uchun xavfli bo’lib qoladi.

Zo’r qobiliyat bo’lsa lekin xarakter yomon bo’lsa — doimiy konfliktlar, mensimaslik, orqadan gapirish ko’payadi.

Xarakteri yaxshi lekin qobiliyati yomon odamni esa, ishini bajara olmasa ham bo’shatish qiyin. Xarakteri yaxshi sababli hammaga yoqadi. Lekin zarari o’ziga va ishlayotgan joyiga ham tegayapti. Qobiliyatlilarni hafsalasini tushirayapti.

Ikkalovi ham bor bo’lgan odamlar noyob odamlar. Ularni qadrlash kerak. Shunday odam bo’lishga intilish kerak.

(c) Aziz Rakhimov

@grownroll
397 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-04-02 03:07:21 Hammaga kirib kelgan Ramazon muborak bo'lsin, ro'zani to'liq va to'kis tutish, gunohlardan forig' bo'lish nasib qilsin.

@grownroll
324 views00:07
Ochish/sharhlash
2022-03-30 16:15:46 Don't limit yourself

Garri Gudini dunyoga mashhur "sehrgar" sifatida tanilgan. Garri o'z ishiga shunchalik usta ediki, u ocholmagan qafas, u chuv tushurolmagan odam yo'q edi. Bir kuni u qamoqxonalardan biriga eng kuchli himoyalangan qafasdan ham bir soat ichida chiqib keta olishini aytib, ularni "challange"ga chorlaydi.

Bu voqeaga ko'pchilik qiziqish bildirgach, uni qamoqxonadagi qafaslardan biriga joylashtirishadi. Qafasga ishonch bilan kirib kelgan hamda yolg'iz qolgan Gudini kamariga yashirgan qayishqoq temir sim bilan eshikni ochishga harakatni boshlaydi.

Yarim soat o'tdi, bir soat o'tdi, ammo eshik ochilmayatgan edi. Gudinining qafasga kirgan vaqtdagi ishonchi yo'qolib borayotgandi. Eshikni ocha olmagach, taslim bo'lib eshikka suyanib yiqiladi. Ammo shu vaqt qafas eshigi ochilib ketadi, chunki qafas avval boshidan qulflanmagan edi...

Ammo Gudinining hayolida bu eshik yaxshi himoyalangan, zamonasining eng kuchli qulfsoz ustalari tomonidan yasalgan eshik edi. Gudinining hayolidagina shunday edi...

@grownroll
527 views13:15
Ochish/sharhlash
2022-03-20 10:11:54 2022-yil uchun maslahatlar

1. Eng zo’r maslahatlar o’ta oddiy va amal qilish oson bo’ladi. Balki shuning uchun ham ularni tezda unutib qo’yarmiz. Mensimaymiz.

2. Meva sabzavotlarni ko’p iste’mol qil. 30-yoshli o’zing rahmat aytadi hali.

3. Haftada 3 kun badaningni qiynab tur. Suzish, yugurish, og’ir ko’tarish — farqi yo’q. Hozir qiynalmasa 40 dan keyin har kuni qiynalishni boshlaydi.

4. O’zingni sohang bo’lgan va bo’lmagan yo’nalishlarda har kuni 2 soat yangi narsalar o’rgan. Kitob, maqola, intervyu, seminarlar. Har kuni. 2 soat. 3 oy shunday ketsang — miyang o’rganib qolib, o’zi yangi dozani talab qilishni boshlaydi.

5. Har kuni bitta yangi odam bilan tanishishni odat qil. Chin dildan u odam hayoti, ishiga qiziq. Savollar ber. O’rgan. 1 yil o’tib ochilgan imkoniyatlarga o’zing ham hayron qolasan.

6. Duolarni ko’paytir. Kichik narsalarni ham so’rashni kanda qilma. Ko’zing yetmagan narsalarni ham. So’raganlaringni bir joyga yozib yur. Yillar o’tib, erishib, eski holatingni unutganinga, yodga solish uchun kerak bo’ladi.

(c) Aziz Rakhimov

@grownroll
386 views07:11
Ochish/sharhlash
2022-03-19 21:42:02 Siyosatga kirmaganligi uchun oʼzini
aqlli deb hisoblagan odam, oʼzidan aqlsiz odamlar tomonidan boshqarilishi bilan jazolanadi.

(c) Platon

@grownroll
671 viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash
2022-03-11 11:41:16 O'zini toza musulmon hisoblab, kommentlarda o'ldirish kerak, suyish kerak deb gapiradiganlarni, har ikki gapidan birida so'kinadiganlarni ko'rsam g'ashim keladi. Bular juda mo'rt e'tiqodga ega insonlar bo'lib, har qanday propaganda ularni qo'zg'atishi mumkin. Ular xuddi porox to'ldirilgan bochka kabi - ozgina olov va bum!

P.S.: Islom mukammal, musulmon esa yo'q. Lekin bu bahona bo'lishi xato. Doim mukammallikka intilib yashash kerak.

@grownroll
409 views08:41
Ochish/sharhlash
2022-03-09 22:02:38 Jasorat o'ziga bo'lgan ishonchga bog'liq. Ishonch esa e'tiqoddan keladi.

@grownroll
408 views19:02
Ochish/sharhlash