Get Mystery Box with random crypto!

Tramp ustidan sud boshlandi AQSh Senatida sobiq prezident Don | GreenCardUz

Tramp ustidan sud boshlandi

AQSh Senatida sobiq prezident Donald Tramp ustidan sud boshlandi. Ikkinchi marta impichment qilingan Tramp tarafdorlarini qonli g'alayonga undaganlikda ayblanmoqda.

Tramp aybdor deb topilishi uchun senatorlarning kamida uchdan ikki qismi impichmentni yoqlab ovoz berishi kerak. Buning uchun ayblovga barcha demokratlardan tashqari yana kamida 17 respublikachi qo'shilishi lozim. Buning ehtimoli yuqori emas.

Tramp aybdor deb topilsa nima bo'ladi?


Deyarli hech narsa. Agar u prezident bo'lganda, ishidan haydalgan bo'lardi. U allaqachon prezidentlikdan ketgan ekan, ayblovning tasdiqlanishi ko'proq ramziy ma'noga ega.

Ayni paytda g'alayonga undashda senatorlar tomonidan aybdor deb topilishi Trampning qamoqqa olinishini ham anglatmaydi. Bu narsa sud tomonidan amalga oshirilishi kerak. Senatning ayblov qarori avtomatik tarzda jinoiy ish ochilishini ham anglatmaydi.

Kongress amalga oshirishi mumkin bo'lgan yagona narsa - Trampning kelgusi saylovlarda qatnashishini taqiqlovchi alohida bir qaror chiqarishi mumkin. Bu qaror uchun oddiy ko'pchilik ovozi kifoya qiladi.

Senatdagi tinglov kamida bir hafta davom etadi va oxirida Trampni aybdor deb topish yoki topmaslik masalasi ovozga qo'yiladi.

Manba: Behzod Mamadiev.