Get Mystery Box with random crypto!

Nyu-York federal sudi hakamlar hay'ati Donald Trampni  AQSh pr | 🗽Green Card Lottery🗽

Nyu-York federal sudi hakamlar hay'ati Donald Trampni  AQSh prezidenti bo'lishidan 20 yil oldin bir ayolga nisbatan jinsiy tegajoqlik qilganlikda va jabrlanuvchini yolg’onchilikda ayblab, obro’siga putur yetkazganlikda aybdor deb topdi.

Lekin hakamlar hay'ati hozirda 79 yoshda bo’lgan Jan Kerrollning Tramp uni 1996-yilda Nyu-Yorkdagi do'kon kiyinish xonasida zo'rlagani haqidagi da'vosini rad etdi. Lekin unga nisbatan jinsiy tajovuz bo’lgan deb hisoblab, Trampdan uning foydasiga ikki million dollar undirib berish haqida qaror chiqardi.

Shuningdek, Tramp omma oldida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida da’vogarni tinimsiz firibgarlikda ayblagani uchun yana qo’shimcha uch million dollar jarimaga tortildi.

Shu tariqa Trampdan jabrlanuvchi foydasiga jami besh million dollar undirish belgilandi.

Amerika qonun ustuvorligi va sud tizmi butun dunyoga naʼmuna boʼla oladi.

Manba: Amerika Ovozi.

@GreenCardLotteryUz