Get Mystery Box with random crypto!

Meksika orqali AQShga kelishni orzu qilayotganlar diqqatiga! | 🗽Green Card Lottery🗽

Meksika orqali AQShga kelishni orzu qilayotganlar diqqatiga!

Prezident Jo Bayden ma'muriyati AQShdan siyosiy boshpana olishni istayotganlar uchun yangi talablar e'lon qildi.

Taklifga ko'ra, AQShga chegara orqali noqonuniy kirib kelgan migrant, avvalo, Amerikaga kelishning boshqa qonuniy yo'llarini ko'rib chiqqanini yoki o'zi kesib o'tgan tranzit davlatdan boshpana so'raganini va bu talabi rad qilinganini isbotlashi kerak. Agar bu choralarni amalga oshirganini asoslay olmasa, Meksikaga yoki mamlakatiga deportatsiya qilinadi.

Bu aynan Meksika orqali noqonuniy kirib kelayotgan muhojirlar oqimini kamaytirish maqsadida joriy qilingani aytilmoqda.

Yangi tartib iyungacha kuchga kirishi kutilyapti.

@ImmigrationNewsUS