Get Mystery Box with random crypto!

O'yin kodi (Confirmation Number) yo'qolgan bo'lsa uni qayta t | GreenCardLotteryUz

O'yin kodi (Confirmation Number) yo'qolgan bo'lsa uni qayta tiklash mumkinmi

O'yin kodi bu eng muhim narsa xisoblanadi, agar siz o'yin kodini yo'qotgan bo'lsangiz sizga yutuq chiqqan yoki chiqmaganini bila olmaysiz.

O'yin kodini tiklash uchun siz o'yinda ishtirok etgan vaqatingiz foydalangan elektron pochta manzilingizni eslab qolgan bo'lsangiz o'yin kodini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Buning uchun rasmiy saytga tashrif buyuring va "Forgot Confirmation Number" bo'limiga o'ting va quyidagi amallarini ketma ketlikda bajaring:

1) Siz ishtirok etgan mavsumni tanlaysiz masalan (2023) yoki (2024)
2) Familiyangiz va ismingizni kiritasiz.
3) Tug'ilgan oy kun va yilingizni kiritasiz.
4) O'yinda ishtirok etgan vaqtingiz foydalangan elektron pochta manzilingizni kiritasiz.
5) CAPTCHA ni to'ldirasiz va "Submit" tugmasini bosasiz.

Unutmang siz kiritgan ma'lumotlar Green Card anketasini to'ldirgandagi ma'lumotlar bilan bir xil bo'lishi zarur.

DV-2024 oʼyin kodini yoʼqotganlar 6-maydan boshlab kodlarni qayta tiklashlari mumkin.

@GreenCardLotterUz