Get Mystery Box with random crypto!

AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza olish uchun konsullik q | GreenCardLotteryUz

AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza olish uchun konsullik qabuliga yozilgan shaxslar va ularning hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etuvchi uchinchi tomonlarni ogohlantirdi.

Xususan, murojaat etuvchi shaxsning elektron pochtasi va telefon raqami qayd etilmagan bo'lsa, konsullik xizmati ushbu shaxsni qabul ro'yxatidan o'chirish huquqini saqlab qoladi.

Shuningdek, ariza va tegishli hujjatlar to'liq to'ldirilmagan yoki AQShga sayohat qilish muddati uchun o'tib ketgan sanalar ko'rsatilgan bo'lsa, qabul ro'yxatidan chiqariladi.

Elchixona o'z tajribasida xato yoki yolg'on ma'lumot bergan fuqarolar suhbat belgilangan kuni konsullikka kelmaganiga ko'p guvoh bo'lganini eslatgan.

AQShga qonuniy safar qilish istagidagi shaxslarga imkon yaratish maqsadida konsullik yuqoridagi kabi shubhali murojaat egalarini qabul qilmasligini bildirgan.

Manba: Amerika Ovozi.

@GreenCardLotteryUz