Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy ma'lumot Xullas, eng ko'p so'ralayotgan masala - 'Gri | GreenCardLotteryUz

Rasmiy ma'lumot
Xullas, eng ko'p so'ralayotgan masala - "Grin karta" anketasida ism va familiya qanday yozilishi kerak, pasport bo'lishi shartmi, degan savollarga aniqlik kiritildi. AQSh elchixonasi konsullik bo'limi xodimlarining aytishicha, arizani to'ldirish uchun pasport bo'lishi shart emas.

Pasportingiz bo'lsa (ichki yoki xorijga chiqish pasporti), ism va familiyangizni, avvalo, shu hujjat asosida yozasiz. Pasportingiz bo'lmasa, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomada (ID karta) ism-familiya qanday yozilgan bo'lsa, shunday kiritiladi. Bolalarning ism va familiyalari tug'ilganlik haqidagi guvohnoma asosida to'ldiriladi.

Ism yoki familiyaning ba'zi harflari keyinroq pasportning inglizcha sahifasida o'zgarib ketsa ham bu muammo tug'dirmaydi, deyishmoqda. Faqat ID kartada ism yoki familiyangiz boshqacha bo'lganini isbotlab berishingiz kerak bo'ladi. Ya'ni shu hujjatning asli yoki nusxasi doim sizda bo'lsin.

Agar familiyangizda o' yoki g' harfi bo'lsa va anketa to'ldirganingizda sayt buni qabul qilmasa tutuq belgisini tashlab o yoki g shaklida kiritasiz o'yinga.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi "Grin karta" lotereya dasturiga qabul davom etmoqda. Arizalar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.

Manba: Behzod Mamadiev

@GreenCardLotteryUz