Get Mystery Box with random crypto!

Amerika hukumatini boshqarish Demokratik partiya vakillari qoʻ | 🇺🇸Green Card Lottery🇺🇸

Amerika hukumatini boshqarish Demokratik partiya vakillari qoʻliga oʻtdi. Endi senatni ham Demokratlar boshqaradi, Jo Bayden va uning partiyasi yana bir bor gʻalaba qilishdi va senat boshqaruvini ham qoʻlga kiritishdi.

Jorjiya shtatidan har ikki Senat o’rni demokratlarga o’tdi. Demokratlar partiyasi va yangi prezident Jo Bayden uchun tarixiy g’alaba!

Saylov natijasi hali rasman tasdiqlanmadi, ammo respublikachilarning demokratlardan o’tib ketishi endi imkonsiz.

Jo Bayden ham Jorjiya shtatida Trampdan bor-yo’g’i 0,2 foiz ustunlik bilan g’alaba qozongan edi. Tramp e’tirozi bilan shtatdagi ovozlar bir emas, ikki emas, naqd uch marta qayta sanaldi. Har safar Bayden g’alabasi tasdiqlandi.

Endi demokratlar Kongressning har ikki palatasida hukmronlikni qo’lga kiritadi.

Kuni kecha Bayden, agar Senatni qo’lga kiritsak, zudlik bilan amerikaliklarga ikkinchi yordam puli miqdorini 2000 dollarga chiqaramiz, deb aytgan edi.

@GreenCardLottery_Usa