Get Mystery Box with random crypto!

Yashil pasportda Green Card o'ynab yutganlarga AQSH elchixonas | 🇺🇸GREEN CARD Lottery🇺🇿

Yashil pasportda Green Card o'ynab yutganlarga AQSH elchixonasi viza berayaptimi? Yashil pasportda Green Card o'ynash mumkinmi?

Ushbu mavzuga oid savollar so'nggi vaqtlarda juda ko'p berilayotgani bois bunga javob bermoqchimiz.

Green Card lotoreyasida xorijga chiqish pasporti bilan ishtirok etish haqidagi qoida DV-2020 mavsumidan boshlab e'lon qilingan bo'lsada ko'pgina vatandoshlarimiz yashil pasportda ro'yxatdan o'tishdi va DV-2021 va DV-2022 mavsumida yashil pasportda Green Card yutganlar ham viza olishga muvaffaq bo'lishdi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Green Card g'oliblariga yashil pasportda o'ynaganlari uchun rad javobini berganligi haqida hozircha ma'lumotlar mavjud emas. Ammo viza berayotganligi rost.

Shunday ekan Green Card anketasini yashil pasportda to'ldirib omadingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi, Ammo etibor bering siz o'yinga kiritayotgan ma'lumotlar pasportingizning inglizcha tomoni bilan bir xil bo'lishi shart.