Get Mystery Box with random crypto!

Green Card lotoreyasi kvotalari soni 55 000 dan 80 000 taga os | Green karta registratsiya

Green Card lotoreyasi kvotalari soni 55 000 dan 80 000 taga oshirilgani rostmi?

So'nggi kunlarda kanallar va guruhlarda quyida keltirilgan fotosurat va uning ostida "Amerika prezidenti Jo Bayden Green Card Lotoreyasidagi kvotalar sonini 55 000 dan 80 000 taga oshirish haqidagi farmonni imzoladi" mazmunidagi post tarqatildi.

Rasmiy manbalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki Green Card lotoreyasidagi kvotalar soni 80 000 ga oshirilgani haqidagi maʼlumotlar yolg'on va hech qanday manbaga ega bo'lmagan xabardir.

Kvotalar soni oshirilgan taqdirda ham bu senat tasdig'idan o'tishi kerak bu shunchaki prezident qarori bilan o'zgartirib qo'yiladigan jarayon emas. Bundan tashqari kvotalar soni va Green Card lotoreyasida qaysi davlatlar ishtirok etadi yoki ishtirok etmasligi haqidagi rasmiy ma'lumotlar DV-2023 mavsumi oldidan e'lon qilinadigan instruksiyada e'lon qilinadi shunday ekan Green Card lotoreyasi O'zbekiston uchun yopildi kabi mish mishlarga ham ishonmasligingizni so'raymiz.

@GreenCard_amerikaovozi