Get Mystery Box with random crypto!

AQSH DAVLAT DEPORTAMENTINI VA IMMIGRATSIYA TIZIMINI ORTDA QOLD | GreenCard Register DV-2024🇺🇸

AQSH DAVLAT DEPORTAMENTINI VA IMMIGRATSIYA TIZIMINI ORTDA QOLDIRGAN FIRIBGARLAR.

Green Cardda davom etib kelayotgan firibgarliklar haqida gapirar ekanmiz ularning IT sohasida naqadar yuksak natijalarga erishayotganiga guvoh bo'lish mumkin.

Barchangizga ma'lumki Green Card lotoreyasi uchun AQSH davlat deportamentining rasmiy web sayti arizalarni qabul qilish uchun faqat oktyabr oyi boshida ochiladi va noyabr oyi boshida yopiladi. Ammo O'zbekiston va o'zbeklar uchun o'zini Amerikaning rasmiy saytidek ko'rsatadigan ba'zi web sahifalar sizga yilning istalgan vaqtida o'yin kodi (Confirmation Number) ni berishlari mumkin ekan. Eng qiziqarlisi siz olgan o'yin kodlaringiz bilan hech qanday natijalarni tekshira olmaysiz.

Xo'sh unda ushbu o'yin kodi bizga nima uchun kerak deyotgandirsiz?
Xulosa qilishga shoshilmang bu o'yin kodi siz to'lagan to'lovingiz uchun kvitansiya raqami bo'lishi ham mumkin balki umuman sayt egasiga qilgan ehsoningiz uchun sizga berilgan oltinga teng rag'batlantirish raqamlari

Ogoh bo'ling
AQSH Davlat Departamentining https://dvprogram.state.gov/ rasmiy web saytidan boshqa har qanday saytlarda to'ldirilgan arizalar va sizga berilgan o'yin kodlari sohta xisoblanadi, bu bilan siz vaqtingiz va pulingizni yo'qotasiz.

Manba: GreenCard Lottery

@green_cardreg