Get Mystery Box with random crypto!

#Sheriyat Daydi ko'chada qolgan ko'ppakdir ular, Qo'ldan qo'l | BAFAYEV|BLOG

#Sheriyat

Daydi ko'chada qolgan ko'ppakdir ular,
Qo'ldan qo'lga o'tguvchi sarsondir ular,
Yerga urib,qadrin poymol qilsang ham,
O'z qadrini bilmagan arzondir ular.

Birisin past-u birisin baland poshnasi,
Axir to'lib ketdi badanda gunoh toshmasi,
Nomusini tekinga sotgandir ular,
O'z qadrini bilmagan arzondir ular.

O'zini birovga ko'z-ko'z qiladi,
Shu bilan o'tmishin rasvo qiladi,
Bugun boshqa,erta o'zga qo'ynida,
Kimligini bilmagan arzondir ular.

Uchib yolg'on o'y-u havasga,
Oxir tushar abadiy qafasga,
Pushaymon yer har bir nafasda,
Qizligini bilmagan hayvondir ular.

Bafayev Mirfayz