Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli musulmonlar! Bugun juma kuni. Bu kun Alloh huzurida en | 𝐆𝐑𝐀𝐍𝐓 𝐏𝐋𝐔𝐒 𝐄𝐃𝐔𝐂𝐀𝐓𝐈𝐎𝐍

Qadrli musulmonlar!

Bugun juma kuni. Bu kun Alloh huzurida eng afzal kun hisoblanadi.

Paygʻambar alayhissalotu vassalom bu kunni “eng afzal kun” “bu kundan afzal kun yoʻq” deb vasf etganlar.

Ushbu kunda qilinadigan ibodatlar ichida koʻpincha beparvo boʻladiganimiz - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga koʻp salavot aytishdir. Odatda, barmoq bilan sanarli salavot aytishga, u zot ismi kelganda bir salavot aytib qoʻyishga odatlanganmiz. Holbuki paygʻambarimiz alayhissalom “bu kunda menga salavotni koʻp aytinglar, salavotlaring menga yetkazib turiladi” deydilar.

Shuning uchun ilgarigi ulugʻlarimiz ushbu ulugʻ kunda, ayniqsa, asrdan soʻng shu ulugʻ zikr bilan mashgʻul boʻlar edilar, Rasululloh alayhissalotu vassalomga minglab salavotlar yuborar edilar.
Darhaqiqat, eng baxtli bandalardan biri - shu kuni ixlos bilan paygʻambarga eng koʻp salavot yuborgan bandadir.

Alloh taolo barchamizni ana shunday bandalardan qilsin.
Omin.

Sayfulloh Nosir