Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro talim grantlari🎓

Telegram kanalining logotibi grantlar_u — Xalqaro talim grantlari🎓 X
Telegram kanalining logotibi grantlar_u — Xalqaro talim grantlari🎓
Kanal manzili: @grantlar_u
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Dunyoni biz bilan zabt eting...🇺🇸🇩🇪🇨🇦🇰🇷🇮🇹🇬🇧
Grantlar (Bakalavr, Magistratura, Doktorantura PHD)
Konfrensiyalar, Ilmiy-amaliy almashinuv dasturlari, Xalqaro ko’rgazmalar anjumanlar
Ish va sayohat
Top universitetlar🎓🤩
@grantlar_u

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2019-05-29 14:46:54 AQSHda o'qish uchun Indiana universiteti stipendiya dasturi, 2019 / Стипендиальная программа университета Индиана в США, 2019

Universitetning dunyo reytingi / Мировой рейтинг: 146

O'qish turi / Тип обучения: Bakalavr / Бакалавр

O'qish yo'nalish i/ Специальность: Universitet barcha yo'nalishlari / Все направления университета

Xujjat topshirish muddati / Дедлайн: 15 noyabr 2019 / 15 ноября 2019

Grant / Грант: Stipendiya miqdori yiliga 27,000$ ni tashkil etadi / Стипендия в размере 27,000$ в год

Bog'lanish / Почта: N/A

Qaerda / Где: Indiyana, AQSH / Индияна, США

Bizga qo'shiling / Присоединяйтесь к нам:

https://international.iupui.edu/admissions/scholarships/freshman.html

@xalqaro_grantlar
1.1K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2019-05-28 19:56:18 ​​

Qayerda o’qisam ekan?
Germaniyaning eng zo’r, o’qisa arzigulik universitetlar ro’yhati.

Universitetni tanlash butun hayotingizga ta'sir qilishi mumkin. Shu sababli, siz qaysi universitetga kirib o'qishni xohlashingiz haqida chuqur o'ylab ko'ring. Kelajak uchun o'qishni tanlaganingizda universitet juda muhim hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Ko’pchilikni istak- hoxishi bilan biz Germaniyadagi eng zo’r, cho’ntakbop universitetlar ro’yxatini “Oliy ta’limni rivojlantirish markazi “ yordamida tuzib chiqdik. Maqolamizni kirish qismida, biz umumiy ma’lumotlar keltiramiz. Bizni kuzatib boring, biz har bir universitet bo’yicha batafsil to’xtalib o’tamiz.

Germaniyada oliy ta’limni rivojlantirish markazi ma’lumotlariga ko’ra 2018 yildagi eng zo’r Universitetlar reytingi.

TOP 10

. Albert-Ludwigs-Universität Freiburg
Dunyo bo’yicha : 171
www.uni-freiburg.de

. Eberhard Karls Universität Tübingen
Dunyo bo’yicha: 164
www.uni-tuebingen.de

. Technische Universität Berlin
Dunyo bo’yicha: 144
www.tu-berlin.de

. Rheinisch-Westfälische Technische Hochschule Aachen
Dunyo bo’yicha: 141
www.rwth-aachen.de

. Freie Universität Berlin
Dunyo bo’yicha: 125
www.fu-berlin.de

. Humboldt-Universität zu Berlin
Dunyo bo’yicha: 120
www.hu-berlin.de

. Karlsruher Institut für Technologie (KIT)
Dunyo bo’yicha: 107
www.kit.edu

. Ruprecht-Karls-Universität Heidelberg
Dunyo bo’yicha: 68
www.uni-heidelberg.de

. Ludwig-Maximilians-Universität München
Dunyo bo’yicha: 66
www.uni-muenchen.de

. Technische Universität München
Dunyo bo’yicha: 64
www.tum.de

Ba’tafsil ma’lumoatlarni universitetlarning web sahifalaridan olishingiz mumkin.

https://t.me/xalqaro_grantlar
944 views16:56
Ochish/sharhlash
2019-05-28 11:44:13 Avstriyaning Vena shaxrida Odillik uchun ta'lim konferensiyasi / Международная конференция в Вене “Образование для правосудия”

O'qish turi / Тип обучения: yoshlar uchun konferensiya (6 yoshdan 29 gacha) / конференция для молодёжа (6-29 лет)

Xujjat topshirish muddati / Дедлайн: 31 may 2019 / 31 мая 2019

Grant / Грант: barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi / Все расходы покрываются организаторами

O'qish muddati / Срок обучения: 7-9 oktyabr 2019 / 7-9 октября 2019

Bog'lanish / Почта: unodc–e4j@un.org

Qaerda / Где: Vena, Avstriya / Вена, Австрия


https://www.unodc.org/dohadeclaration/en/news/2019/04/call-for-proposals-international-high-level-conference-on-educating-for-the-rule-of-law.html

t.me/xalqaro_grantlar
732 views08:44
Ochish/sharhlash
2019-05-28 11:12:49 Maslahatlar

O’zingiz uchun qiziq bo’lgan va soatlab gapirishingiz mumkin bo’lgan sohani, xobbini tanlang. Bu soha, xobbiga oid chet tillaridagi materiallarni o’qing, tinglang va ko’ring. Ushanda jarayon qiziqarli bo’ladi.

Chet tillarida gapirishni sevadigan odamni toping

U bilan faqatgina o’rganyaptgan tilingizda gaplashing. Siz o’rganyaptgan til u uchun ona til bo’lishi shart emas (chunki ko’plar ona tilida ko’p gapirishni yoqtirishmaydi, ularga qizig’i yo’q bo’ladi) o’zingizga o’xshaganlarni toping. Qanday qilib? Oson! Skype, Facebook, Odnoklassniki va forumlar. Toping va muloqot qiling.

Kreativ bo’ling

Fikringizda so’zlar bilan o’ynang, ko’rib turgan hamma so’zlarni tarjima qilishga xarakat qiling. Kompaniya, reklamalar mahsulotlardagi so’zlarni tarjimasi sizni lol qoldirishi aniq.

Yozing

Boshingizdagi hamma fikrlarni yozing. Yon daftarcha tutib unga faqatgina chet tilida yozing. Bu yordam berishi aniq.

Chet elliklarni tomosha qiling

Ularni yurish-turishi, gapirish odoblari, qarashlari, har xil vaziyatdagi harakat va qiliqlarini tomosha qiling… va ko’chiring! Tasavur qiling: siz aktyorsiz, va chet elliklarni roli sizning sahnangiz. Bu harakat va qiliqlarni o’zlashtirguningizcha o’ynang.

Chet ellik musiqalarni eshiting

Chet ellik musiqalarni ko’proq eshiting, va albatta ulardagi gaplarni tushinishga harakat qiling. REP bu ish uchun ayni-muddo!

Gapirish va xatolar qilishdan qo’rqmang!

Va eng muhimi, notog'ri gapirib qo'yishdan qo'rqmang. Hamma ham hato qiladi. Lekin shu hatoni bilib olib, boshqa qaytarmaslikka harakat qiling.



Tayyor frazalarni (jumlalar) (to’g’ri tarjima qilinmaydigan gaplarni) yon daftarchangizga yozib yuring

Masalan: “I am only pulling your leg” (Men faqatgina jig’inga teyapman).

Bunday jumlalarni butunlayicha yodlab oling. Ular gapingizga chiroy qo'shadi.

Agar til o’rganish ishtiyoqi kamayib ketayotgan bo’lsa, Tezlashma lekin Tashlama ham

Va ohiri: O’zingizga ishoning!



Mashxur Kato Lombni chet tillari bo’yicha formulasi: Sariflangan Vaqt + Qiziqish = Natija

Ulashing

https://t.me/xalqaro_grantlar
657 views08:12
Ochish/sharhlash
2019-05-28 10:14:15 https://t.me/Xalqaro_grantlar
527 views07:14
Ochish/sharhlash
2019-05-28 10:14:15 Yevropa hayoti:
​​ Germaniya

Germaniyaga borishning eng oson yo'llaridan biri
«Au Pair» yoshlarning madaniy almashinuv dasturi bo’lib, ishtirokchilarga yangi do’stlar orttirish, Yevropa yoshlarining hayotini o‘rganish; G’arbiy Yevropada 50 yildan buyon mavjud an’analar bilan tanishish hamda nemis oilasi bilan yashab til o’rganish imkoniyatini beradi.

Ushbu dastur doirasida agentliklar Germaniya Mehnat Vazirligi bilan kelishgan holda yoshlarni «Au Pair» sifatida ish bilan ta’minlaydi.

«Au Pair» dasturi bo’yicha yoshlarni Germaniyaga ishga jo’natuvchi agentliklar haqida internet orqali qidirib, batafsil ma’lumot topishingiz mumkin.

„Au Pair“ sifatida siz Germaniyada yashash, nemis madaniyati va hayot tarzi bilan tanishish, undan tashqari o’zingizning nemis tili bilimingizni yanada yaxshilash imkoniga ega bo’lasiz.

Dasturda ishtirok etish qoidalari

„Au Pair“da qatnashish uchun yoshingiz 18 dan 26 gacha bo’lishi va nemis tilini boshlang’ich (bazali) darajada bilishingiz kerak. Siz nemis oilasiga oila a’zosi sifatida qabul qilinasiz va siz ular uchun mehmon yoki ishchi emas, balki „farzandlari uchun katta opa yoki aka“, shuningdek, „uy bekasining yordamchisi“ bo’lib hisoblanasiz.

„Au Pair“ vazifalariga ota-onaning roziligi bilan ularning farzandlariga qarash, g’amxo’rlik qilish kiradi.

G’amxo’rlikka uyda, uy bog’chasida va o’yin maydonchasida turli-tuman o’yinlarda qatnashish, bolalarga kitob o’qib berish, cho’miltirish va ovqatlantirish, rasm chizish, uxlatish, kiyintirish va yechintirish, bolalar xonasini yig’ishtirish, ovqat tayyorlash, doimiy nazorat va parvarish kabi vazifalar kiradi.

“Au Pair”ning vaqtinchalik ish tartibi oila bilan kelishilgan holda bo’ladi. Uy ishlarida yordamlashish “Au Pair” haftalik ish kunining 50 foizigacha yetishi mumkin. “Au-Pair”ning haftalik ish soati umumiy 30-35 soatni tashkil etadi. Bunga yana hafta ichida 2-3 marotaba bolalarga kechqurungi qarov ham kiradi.

O’z navbatida, “Au Pair” o’zi uchun alohida xona, ovqat va oylik puli (ko’pi bilan 260 yevro) oladi. “Au Pair” yana xorijliklar uchun ochilgan nemis tili kursiga qatnashishi mumkin. Ba’zi oilalar nemis tili kursi badalini to’lab berishadi. Bu yana bir katta imkoniyatdur.

“Au Pair” uchun har oyda eng kamida 1,5 bo’sh kun, boshqa kunlarda ota-onalarning bo’sh vaqtiga qarab dam olish kuni beriladi. Undan tashqari, mahalliy jamoat transporti uchun oylik chipta oila tarafidan olib beriladi yoki oila mashinasi bo’lsa, undan foydalanishga ruxsat beriladi.

Agar ish 10 oy bo’lgan taqdirda, “Au Pair”ga to’lanadigan 2 haftalik, 12 oylik ishda esa 4 haftalik to’lanadigan ta’til beriladi.

Qolish muddati

Har qanday vaqtda “Au-pair” sifatida ishlash muddati 12 oydir.

Talab etiladigan malakalar

Germaniyada “Au Pair” ish joyiga bolalarga qarash tajribasiga ega farzandsiz va oilasiz yoshlar ega bo’lishlari mumkin.

Zaruriy shartlardan yana biri bu nemis tilini bilish va jiddiy ruhiy va jismoniy kasalliklarlardan forig’ bo’lish kerak.
Sug’urta
Nemis oilasi “Au Pair” tibbiy va boshqa turdagi sug’urta bilan ta’minlaydi.

Cho’ntak puli

“Au Pair” 30-35 soatli maksimal haftalik ish vaqtida cho’ntak xarajatlari uchun har oyda 260 yevro oladi.

Germaniyaga kirish va yashash qoidalari

Nemis oilasi “Au Pair”ning Germaniyaga kelish va yashashga bog’liq barcha rasmiyatchilik ishlarini o’z bo’yniga oladi. “Au Pair”likka da’vogarlik qilayotganga esa viza olish uchun barcha kerakli hujjatlarni taqdim qiladi.

Germaniyaga borish uchun yo’l xarajatlari

Yo’l xarajatlarini “Au-Pair”ning o’zi to’laydi. Ba’zi hollarda nemis oilasi yo’l xarajatlarining bir qismini o’z bo’yniga olishi mumkin. Bu juda kam hollarda bo’ladi. Bu nemis oilasining himmatiga bog’liq.

Viza

Bu ish yoki sayyohlik vizasi emas, bu aslida hatto viza ham emas, balki “Au Pair” qayerga taklif qilingan bo’lsa va nemis oilasi rozi bo’gan muddatga vaqtinchalik beriladigan yashash huquqidir.

Nemis tili o'rganuvchi do'stlaringizga ham ulashing.
yoki Germaniyada o'qimoqchi bo'lganlarga.
497 views07:14
Ochish/sharhlash
2019-05-25 23:15:43 Yevropada o'qish uchun 25 ta sabab!

Bu sizning rezyumingiz (CV)ni bezaydi

Til bilish darajangizni oshiradi

Ta'tilda chet mamlakatda yashamoq bu butunlay boshqacha

Turlicha odamlarni uchratish imkoniyati

Abadiy do'stlar topish

Yangi va ajoyib taomlar

O'qish va uqish hilma xilligi

Mustaqillikni mustahkamlash

O'zingizga bo'lgan ishonchning ortishi

Yuqori darajadagi turli madaniy bilimlarni yig'ish imkoniyati

O'z madaniyatingizning yangi qirralarini ko'rasiz

O'zingiz haqingizda ko'proq bilib olasiz

Ulg'ayasiz

Hayotiy tajriba to'playsiz

Jasurlik va yaratuvchanlikni oshirasiz

Mayda narsalarni ham ko'proq e'tiborga olishni o'rganasiz

Dunyo qarashingizni kuchaytirasiz

Xalqaro studentlarning chegirmali imtiyozini qo'lga kiritish imkoniyati

Esdan chiqmaydigan tajriba

O'z uyingiz va oilangizni ko'proq qadrlaysiz

Xalqaro talabalar fondlari juda ommalashmoqda

Arzonroq to'lovlar avfzalligi

O'zingizning bo'sh vaqtingizni tadqiqotlarga sarflash imkoniyati

Xalqaro kasb maqsadlaringizni oshiring

"Turfalik hayot manbai"

https://t.me/xalqaro_grantlar
733 views20:15
Ochish/sharhlash
2019-05-25 19:14:31 ​​IELTS va TOEFL: nima farqi bor?

IELTS va TOEFL testlarining asosiy mazmun hamda maqsad jihatidan hech qanday farqi yo’q: ularning ikkalasi ham ingliz tilini bilish darajasini baholash maqsadida tashkil etilgan.
Bu ikki test tizimining asosiy farqli jihati shundaki, IELTS Buyuk Britaniya (Angliya)ning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash tizimi hisoblanadi. TOEFL esa Amerika Qo’shma Shtatlarining ingliz tilini bilish darajasini baholash tizimidir.
Ikki davlatning ikki hil test tizimida, tabiiyki shakl va tashkilot jihatida farqlar mavjud. Biz bu farqlarni testlarning olinish usuli, vazifalar turlari, baholash, test o’tkazilish jarayonidagi farqlarda ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ingliz tilini o’rganayotgan yoki mukammal darajada biladigan kishilarga ma’lumki, Amerika ingliz tilisi hamda Britaniya ingliz tilisi o’rtasida sezilarni ba’zi farqlar mavjud. Bu farqlar ingliz tili grammatikasi, talaffuzi yoki ishlatilishida ko’rinadi. Demak, TOEFL va IELTS testlariga Amerika va Britaniyaning o’ziga hos ingliz tilini bilish darajasini baholashga yo’naltirilgan testlari deb qarashimiz kerak bo’ladi.
O’zbekistonning ta’lim muassasalari: o’rta, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Britaniya ingliz tili o’rgatilganligi sababli bugungi kunda O’zbekiston miqyosida TOEFL testiga nisbatan IELTS testining mavqei balandroq hamda IELTSni o’rganish uchun talab ham TOEFLga nisbatan kuchliroq.
Xorijda o’qishni xohlasangiz, Siz xujjat topshirmoqchi bo’lgan xorijiy o’quv yurti qaysi testni qabul qilishi haqida bilib oling. Odatda xorijiy ta’lim muassasalari har ikkala test turini ham bir hil qabul qiladi

t.me/xalqaro_grantlar
387 views16:14
Ochish/sharhlash
2019-05-25 12:40:24 #info

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигида ишга жойлашиш имконияти

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги Донор ва Грантлар соҳасига муносиб ходимни қидирмоқда.

Сўнгги муддати: 2019 йил 3 июнь.

Номзодларга қўйиладиган талаблар:
• ўзбек, рус, инглиз ва тилларини мукаммал билиш;
• расмий ҳужжатларни ўзбек ҳамда рус тилларида тайёрлашда тажрибага ва катта маҳоратга эга бўлиш;
• маданиятлараро ва жамоавий иш қобилиятини ривожлантириш, тажриба орттириш ёки чет элда ўқиш имкониятларини бажара олиш;
• вақт ҳамда стрессни бартараф этиш қобилиятига эга бўлиш;
• Microsoft Office'дан мукаммал фойдалана олиш;
• бир тилдан иккинчи тилга оғзаки ва ёзма хабарларни таржима қилиш ҳамда қайта жўнатиш тажрибасига эга бўлиш.

Вазифалар:
• танланган шахслар халқаро лойиҳалар, шунингдек, Халқ таълими вазирлиги ва бошқа чет эллик маслаҳатчилар/мутахассисларнинг маҳаллий ҳамда хорижий экспертлари билан биргаликда ишлашади. Хизмат вазифасига бизнес-ёзишмалар, ҳужжат топшириш, таълим соҳасида янги молиялаштириш имкониятларини излаш, учрашувларни ташкил этиш, вилоятларга сафар қилиш киради.

Номзодлар CVни қуйидаги электрон манзилга юборишлари мумкин: mazamova@luc.edu.

Қўшимча маълумотлар учун Донор ва грантлар сектори раҳбари Муҳайёхон Азамова билан боғланинг: mazamova@luc.edu.

Каналга уланиш

https://t.me/Xalqaro_grantlar
393 views09:40
Ochish/sharhlash