Get Mystery Box with random crypto!

​​#viza_olib_beradigan_aqllilar Yana bir gap. Bular Latviya L | Xalqaro talim grantlari🎓

​​#viza_olib_beradigan_aqllilar

Yana bir gap. Bular Latviya Litva davlatlari orqali yevropani boshqa davlatlariga ishga joʻnatishni ham vaʼda beryapti. Shu bilan birga Germaniyada oylikni 1680 dollar deyishyapti. Aynan Germaniya misolida qonuniy jihatdan koʻrib aytay.

Birinchidan Yevropada pul birligi Yevro, aynan Germaniyada boshqa valyutadan oldi berdi qilinmaydi ishchi va ish beruvchi orasida. Nemislar markadan voz kechib yevroga toʻliq oʻtib boʻlishgan.

Indan keyin, Germaniyada qonuniy ishlaydigan odam haftasiga 40 soat ishlaydi odatda. Va oylik emas soatbay ish haqi beriladi bu yerda.

Uchinchidan, Germaniyaga boshqa davlatdan ishchi olib kelishda oʻziga xos talablar bor. ( Pastdagi rasmda )
Unga koʻra chet eldagi ishchi Germaniyaga ishlashga kelishi mumkin va  180 kun davr ichida 90 kungacha. Bu uchun quyidagi 3 holatdan biri boʻlishi kerak.

1. Chet eldagi firma Germaniyada biror ish qilayotgan boʻlsa chet eldagi hodimlarini olib kela oladi.
2. Germaniyadagi firma chet elda ishlayotgan hodimlarini Germaniyadagi boʻlimiga olib kela oladi.
3. Chet eldagi firma va Germaniyadagi firma oʻrtasida hamkorlik boʻlganda hodimlar almashib turishga ruxsat bor. Bunda ular umumiy ish qilgan taqdirda va bu ish orqasidan Germaniyaga soliq toʻyayotgan boʻlsagina.

Yana aytaman shu uch holatda 180 kun davomida maximal 90 kun ishlashi mumkin.



Endi bir ikkita savol. Bular shu holatlar haqida mijozlarni ogohlantirishadimi? Mijozlar bu yerdagi majburiy toʻlovlari, soliqlari haqida xabardor boʻlishadimi? Nima deb oʻylaysizlar?

@grantlar_u