Get Mystery Box with random crypto!

Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchu | Grantlar kanali | 🇺🇿

Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar_kanali