Get Mystery Box with random crypto!

Iyunda qabul tugaydigan dasturlar Eʼtiboringizga 2024-yil iyu | Grantlar.uz

Iyunda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar! (dedlayn: 1-iyun)

Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 1-iyun)

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 1-iyun)

SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

Dunyoning 22-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 3-iyun)

JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 3-iyun)

Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 7-iyun)

Bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 7-iyun)

Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi! (dedlayn: 10-iyun)

Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq! (dedlayn: 15-iyun)

Tabiatdagi oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 20-iyun)

Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi! (dedlayn: 24-iyun)

Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov! (dedlayn: 25-iyun)

Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 30-iyun)

Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-iyun)

Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-iyun)

May oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar