Get Mystery Box with random crypto!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakal | Grantlar.uz

Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar