Get Mystery Box with random crypto!

Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼ | Grantlar.uz

Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (120-500 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar